Asosiy mavzular
18 november 2025

«Gulnor» 20 qism (Qorlig‘ashevning shantaji)

Gulnor o‘z xayollariga cho‘mgandi. Xatto avtobusda ketayotganini xam unutgandi. Ota komning aytgan gaplari so‘zma-so‘z yodida kolgandi.

“Otalarimiz Teyirkanda yangidan ko‘payib, yashay boshlagandilar. Gox nur, gox jism bo‘lib umr kechirgandilar. “Ko‘zcha” degan sexrli vosita maxfiy saklandi, otadan o‘gilga meros koldi, menga yetib keldi. Xozir uni xammangiz ko‘rdingiz. Unda siz ko‘rgan sayyoraning oti Yirkan, unda Ona o‘gillari yashaydi. Ular bizning karindoshlarimiz. Bizda yukumli kasallik yo‘k, ammo Buyuk otamizning ruxi mening ichimda, u menga nur kizni Yirkanga jo‘natishimni buyurmokda”, degandi Ota kom.

Sexrli “ko‘zcha”da ko‘rgan o‘boda bir tuman otlikni xotirladi Gulnor. Old safda ketayotgan bittasiga ishora kilib “mana shu yigit sening kismating”, degandi Ota kom.

Goyib bo‘lgani bir xafta ichida Gulnor bu vokealarni yashagan bo‘lishi kerak edi. Ammo bugunga kadar o‘rgangan fizik va tabiiy ilmlarga ko‘ra bu vokealarning bo‘lishi mumkin emasdi…

Yo‘l bo‘yicha bu garoyib xodisani taxlil kildi. Ammo sho‘ ko‘rib turgan xayot bilan bo‘ xodisa o‘rtasida xech mantik ipi boglay olmadi. Gulnor o‘z axvolini xech kimga aytmadi. Buni fakat O‘g‘uzga aytishi mumkin edi. Yoki Anvar Murod Toshkentda bo‘lsaydi, unga ayta olardi bu garoyib xodisa xakida.

Gulnor ko‘nglidagilarni to‘kib solishi mumkin bo‘lgan ikkita odam bor edi, ularning ikkolovi xam Turkiyada bo‘lishi takdirning jilvasi emasmidi?

Agar Gulnorning takdiri u bilan o‘yin o‘ynayotgan bo‘lsa, bu o‘yin zamon-makon osha kilingan bir xaftalik garoyib “sayoxat” edi. Gulnor “takdir” tushunchasiga uncha jiddiy karamasdi, lekin so‘nggi xodisalar uni tinimsiz takdir kategoriyasi tomon yo‘naltirmokda edi.

Uyga kelib, yo‘l xorginligini chikarish uchun yotogiga uzungan edi, eshik ko‘ngirogi chalindi. Ostonada ko‘shnisi turardi. Ko‘lidagi vizit kartni uzatib:

–Shu yerda oti yozilgan odam sizni kutayotgan ekan, — dedi.

Gulnor kartga bokdi. La'nati Rashid Korligashev xali xam uni ko‘yib yubormokchi emasdi.

Ertalab Korligashevning yoniga bordi.

–Aytingchi, o‘rtok Kunboeva, bir xafta kaerga goyib bo‘ldingiz?, — dedi Korligashev.

Boshidan kechirganlarini o‘ziga xam tushuntirolmagan Gulnor buni Korligashevga kanday tushuntiradi?

–Sizga butun umrimning xisobini berishim kerakmi?, — dedi Gulnor.

–Bilasiz, Gulnor, bizning Toshkent odamni osonlikcha ko‘yib yubormaydi. Agar sendan bir javob istasalar, bu javobni mutloko olishlari kerak.

–Men o‘lkamga, davlatimga karshi xech narsa kilganim yo‘k, o‘rtok Korligashev. Agar bunday narsa kilgan bo‘lsam, buni isbotlashingiz lozim…

–Kaerda bo‘lganingizni ayting, toki sizga bo‘lgan shubxalarimiz tarkalsin, — dedi Korligashev.

Gulnor akliga kelgan javobni aytib yuboraverdi:

–Bilasiz, o‘tok Korligashev, Fargonaning bogli-bogchali yerlari bor. U yerlarda yomon ko‘zdan yirok sokin go‘shalar mavjud. Ochik aytsam, sizning so‘roklaringiz mega iskanja kabi azob berayotgandi. O‘sha yerlarda yashirindim, dam oldim. Bir xafta ichida o‘zimga kelaman, deb o‘ylagandim. Ko‘rib turibman, yanglishgan ekanman. Mana, Toshkentga kelgan zaxotim o‘sha bir xaftaning xisobini so‘rayapsiz…

–O‘rtok Kunboeva, xozircha sizga ishonaman. Fakat shuni biling-ki, ko‘zlarimiz sizda doim. Sizdan informatsiya kutamiz. Nima xakda ekanligini siz yaxshi bilasiz. Informatsiya bering, aks xolda bu bir xaftaning xisobini berishga majbur bo‘lasiz.

Korligashevning sinalgan uslubi shantaj edi. Gulnor kutilmaganda:

–Bo‘pti, o‘rtok Korligashev, siz xoxlagan informatsiyani topishga xarakat kilaman, — dedi.

Uning shunday deyishdan boshka chorasi yo‘k edi. Gulnor tegrasidagi chambar kun sayin torayib, taxlika kuchaya boshlaganini xis etayotgandi. O‘zbekistonda yashash kiyinlashgandi uning uchun. Yoki Rashid Korligashev istagan informatsiyani topib, unga berish kerak yoki mamlakatdan chikib ketishi kerak. Aks xolda, uni xam xibsga olishlari tayin edi. Umrining kolgani maxv bo‘lishi xech gap emasdi.

Bu vaziyat Gulnorning ruxini tetiklashtirdi. xar xolda, endi “bu tushmi yo xakikatmi?” deb uzundan-uzok o‘ylagan garoyib sayoxatidan boshka narsalar uni bezovta kila boshlagandi.

***

O‘g‘uz, Oydin va Ali Moxir o‘n besh kun Orlandoda bo‘lib “Disneyvold”ni yaxshigina o‘rgandilar. Keyin uchokda Los-anjilesga kelib, o‘n kun u yerda kolishdi. Keyin N'yu-Yorkka kaytishdi. U yerda uch kun aylandilar. Lyuks otelda ko‘nokladilar. Birinchi kun Manxatten atrofida aylanadigan turistik kemaga minishdi.

N'yu-York bir orol ustida kurilgan shaxar edi. Uni kemadan ko‘rish shaxarning o‘rta va chetki kismlarini tomosha kilish imkonini berardi.

Kemadan tushganlarida erta edi. Shaxarni aylanishga vakt borday tuyulgandi. Ammo N'yu-Yorkning Istanbuldan farki yo‘k edi. Yo‘llar gij-gij mashina to‘lgan, xarakat kilish kiyin edi. Bu yerda xam Istanbuldagi kabi svetoforga odamlar uncha rioya kilmas, tiroriy kamyonlar istagan joyida to‘xtab, trafik (mashinalar xarakati)ni zanjirband kilardi.

–Bu yer xuddi avvalgi kezgan joylarimizdan boshka mamlakatga o‘xshaydi, — O‘g‘uz.

Ali Moxir:

–Oydon N'yu-York safarini oxiriga ko‘yganining sababi bu ekan, O‘g‘uz, — dedi.

Oydon:

–Agar sizga avval N'yu-Yorkni ko‘rsatsaydim, Amerika xakida yanglish tasavvurda kolgan bo‘lardingiz. N'yu-York xam Amerika, ammo xakkiy Amerika uning tashkarisida, — dedi.

Ba'zi kitoblarda yozilishicha, N'yu-Yorkda yashagan odamlar xam Amerikaning boshka bo‘limlaridagilardan farkli emish, — dedi O‘g‘uz.

–N'yu-Yorkda ishlagan odamlar bu yerda yashashmaydi. Ular N'yu Jersida yoki Pensilvaniyada yashashadi. N'yu-York kosmopolit shaxardir.

“Empire Stat Building” va “Egizak”larga chikish uchun juda ko‘p odam navbatda turishar edi. Bu binolar yuksakligidan karaganda ko‘rinadigan manzara muxtasham edi. Manxattenni o‘ragan dengiz yo‘li, yuksak va uzun ko‘priklar, osmono‘par binolar inson ko‘li yaratgan mu'jizalar edi. Balki, insoniyat o‘z tarixida ilk bor shunchalik xashamatli manzara yaratgandi. Namrudning, Fir'avnlarning tangriga yetishish orzulari go‘yo bu shaxarda moddiylashgan edi.

O‘g‘uzning o‘ylaganlarini Ali Moxir kinokameraga olayotganday edi. O‘g‘uz miyasi bilan o‘ylardi, Ali Moxir esa kamerasi bilan.

U Ozodlik xaykalini suratga olarkan, butun Amerikani kamerasiga joylashtirayotganday xarakat kilardi.

–Ali Moxir xakikiy san'at oshigi, — dedi Oydon Ori, — unda mening me'morlik extirosimdan kattarok extiros bor.

Ertasi kun Central Park va Kolumbiya universitetini kezdilar.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ro‘parasida joylashgan “Turk-amerika jamiyatlari Federatsiyasi”ga ziyorat kilishdi. U yerda Maxmat Eryigitning o‘kasi Mustafo bey bilan tanishish xammasiga, ayniksa, O‘g‘uzga syurpriz bo‘lgandi.

Uchinchi kun Metropoliten Muzeyini tomosha kildilar. Xammasini ko‘rish uchun bir kun ozlik kildi. Muzeyda kinokamerada suratga olish ta'kiklangandi.

Oydon:

–Ertalabdan beri senda bir yetishmovchilik xis etayotgandim, nima ekan desam, sening kamerang yo‘k ekan, Ali, — dedi kulib.

–To‘gri, Ali Moxirni kamerasiz tasavvur kilish kiyin. Sen o‘zingni kanday xis kilayapsan, Ali?, — dedi O‘g‘uz.

–O‘zimni xuddi yalangoch yurganday xis kilayapman, ogayni, — dedi Ali, do‘stlarim, kamera mening ko‘lim va ko‘zim. Atrofdagi narsalarga kamera bilan tegib, kamera bilan karayman.

Ali Moxirning “yalangoch” xolini Oydon ko‘z oldiga keltirdi va o‘zicha tabassum kildi.

Yoshlar muzey salonlarida o‘tirib dam oladigan skameykalar bo‘lishiga karamay, xech utirishmadi. Charchab, xoldan toyguncha muzeyni aylanishdi. Ali Moxir Oydonning suratga olayotgan xaykallariga karab, Oydonning o‘zi bu xaykallardan go‘zalrok ekanini o‘yladi, ammo bu fkirni o‘ziga aytmadi.

Ertasi kun tongda uchokka yetishishlari kerak edi. Muzeydan kaytib, Ali Moxir ertarok uxlayman deb o‘ylagandi.

Ammo o‘xlay olmadi. Oydon ko‘zlari oldidan ketmasdi. Orlandadagi bir otelning xovuzida cho‘milayotgan Oydon. Uzun, bichili oyoklari, nozik beli, sutday ok badani, kayrilgan kipriklari va sochlaridagi porlayotgan suv tomchilari. Xayolida Ali Moxirga ko‘lini uzatgandi Oydon va birga xovuzga tashlagandi o‘zlarini. Ammo kirgokda ikkinchi Ali Moxir turardi. U xovuzdagi juftni kinokamerasi bilan suratga ola boshlagandi.

Oydon:

–Bas, kil, Ali, bu xolda ko‘rinmok istamayman, — dedi.

–Iltimos, Oydon izn ber, yana bir oz suratga olay. Xech bir muzeyda sening kabi mukammal xaykal yo‘k, — derdi Ali Moxir.

Xovuzdagi va xovuz chetidagi Ali Moxirlar bir-biri bilan suxbatlashardi. Oydon xovuzdagining ko‘lidan sirgalib kochdi, ammo xovuz chetidagi Ali uni kamerasiga solib ulgurgandi. Kamera ichida chirpinayotgan bir dengiz kizi edi.

Eshik takillaganda Oydon xali xam xovuzda yuzayotgandi:

–Ali, bugun uchokka chikishimiz kerakligini unutding, shekilli?, — dedi Oydon.

Uning ovozi xovuzdan keldimi, eshik orkasidanmi, Ali Moxir buni anglay olmadi.

U yotokdan tez turdi.

O‘g‘uz uchokda illyuminator tarafda o‘tirdi. “Turk xavo yo‘llari” uchogi bulutlar orasida okcharlok kabi suzar edi. O‘g‘uz ko‘zini yumdi.

Ok bulutlar uzra go‘zal bir kiz bulutlar bilan musoboka kilardi. Ustida kelinlik libosiga o‘xshagan oppok kiyim bor edi. Sochlari shamolda ikkiga ayrilib, shuvillardi, libosi ikkiga ayrilib, kanotlarga o‘xshardi. Vujudi va ko‘llari bulutlarday ok edi. Oyoklari yuz metrga yuguradigan sportchilarnikiday mustaxkam edi. o‘girilib O‘g‘uzga bokdi. “Men bilan poyga kilasanmi?”, dedi va tez uchib, ko‘zdan goyib bo‘ldi.

O‘g‘uz:

–Yo‘k, sen bilan poyga kilolmayman, — dedi.

–Kim bilan poyga kilayapsan, O‘g‘uz? — dedi yonida o‘tirgan Oydon O‘g‘uzning ko‘lini tutib.

–Bir oz mudrabman, Oydon, kechir, — dedi O‘g‘uz.

–Programmamiz yukli bo‘ldi, xammamiz bir oz charchadik, shekilli. Endi Salim Boyjonga yozadigan raportlarimizni yaxshilab o‘ylashimiz kerak, — dedi Oydon.

–Bilasan, sayoxatimiz davomida tushunchalarimni yozib bordim. Ularni uch kun ichida raport xoliga keltirishim mumkin, — dedi O‘g‘uz.

O‘g‘uz badanida yengil titrok xis kildi. Oydon ko‘lini xali xam O‘g‘uzning ko‘lidan olmagandi.

Oydon Ali Moxirga do‘nib:

–Alining raporti kamerasida tayyor, shundaymi?, — dedi.

Ali Moxirning ko‘zi xali xam O‘g‘uzning kuli ustida yotgan Oydonning ko‘liga tushdi. Ichida rashk ko‘zgoldi.

–Yo‘k, Oydon, — dedi Ali, — suratga olinganlarni montaj kilmasdan turib Salimbeyga ko‘rsatolmayman.

–To‘gri, xar kasbning o‘z xususiyati bor, biz film suratga olindimi, tamom deb o‘ylaymiz, — dedi Oydon va ko‘lini O‘g‘uzning ko‘lidan oldi, — xo‘p, bolalar, endi ozgina uxlab olsak yomon bo‘lmaydi.

Bir ozdan xar kim o‘z xayollariga cho‘kdi.

Tag‘in o‘qing
21 may 2019
“Yaxshilab eshit va bundan keyin “men kozyolmasman”, “men farishtaman”, “men oppoqman” dema. Eshitib bo‘lganingdan so‘ng menga qarshi qo‘l ko‘tarishga ...
18 july 2017
Mobil telefonini hojatxona chuquriga tushirib yuborgan namanganlik ayol yollagan ikki ishchi va ularni qutqarmoqchi bo‘lgan vrach halok bo‘ldi. Samsung-Galaxi ...
28 june 2016
O‘zbekistondagi matbuot va rasmiy statistika har yili O‘zbekistonda nikox holatlari ko‘payayotgani va ajralishlar soni kamayib borayotgani haqida yozadi. Balki ...
17 october 2016
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston matbuoti bosh vazirning virtual qabulxonasini salkam «adolat uyi»ga tenglashtirib qo‘ydi, desak xato bo‘lmaydi. Hozir har bir ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...