Asosiy mavzular
21 september 2025

Vaqt mashinasi: Derenik Apresyan

O‘sha mash'um 30-yillarda millatimiz oydinlarining qatag‘onlari tepasida turganlar orqasida nafaqat millat xoinlari, balki millatimizning chinakam tashqi dushmanlari ham ko‘p edi, albatta.

Shundaylardan biri jadidlarni qatag‘on qilishda faol qatnashgan arman millatchilari tashkiloti – “Dashnoqtsutyun” a'zosi Derenik Zaxarovich Apresyandir.

Fitratni o‘limga mahkum qilgan jallodlarning eng kattalaridan biri aynan mana shu Apresyan bo‘ladi. Derenik Zaxarovich Apresyan 1899 yil Rossiya imperiyasining Yelizavetpolsk guberniyasi Qozoq uezdi Tatli qishlog‘ida tug‘ilgan.

Uning Chor Rossiyasi O‘rta Osiyoga bostirib kelgandan so‘ng ular bilan kelgan arman jamoasining farzandi ekani aniq. Derenik ruhoniylar oilasida dunyoga kelgan (ko‘p jallodlarning ruhoniylardan kelib chiqishi judayam g‘alati).

1917-1918 yillarda yosh Derenik arman millatchilari tashkiloti – “Dashnoqtsutyun” a'zosiga aylanib, bolsheviklar uyushtirgan jinoyatlarda qatnashadi.

1919-1920 yillarda Tiflisdagi Zakavkaze universitetining tibbiyot fakultetida o‘qiydi. 1921 yilda Yakov Sverdlov nomidagi kommunistik universitetni tamomlagan. 1919 yildan RKP (b) a'zosiga aylanadi.

1921 yilda Moskva issiqlik boshqarmasining ta'minot bo‘limida nazoratchilik qiladi. 1921-1926 yillar Zabaykale guberniyasi qo‘mitasida xo‘jalik va partiya ishlarida targ‘ibot-tashviqot bo‘limi mudiri lavozimida ishlaydi. 1922 yildan Priamursk guberniyasi RKP (b) byurosi mas'ul kotibi.

Fitrat kabi jadidlar ilmu urfon, ziyo tarqatayotgan paytda Apresyan, Segizboev, Yusupov singarilar bolsheviklarga qulday xizmat qilib, ularning dohiylariga sig‘inish bilan ovora edilar.

Bolsheviklarga esa aynan ana shunday odamlar, buyruqni so‘zsiz bajaradigan ana shunday manqurtlar, jallodlar kerak edi. Apresyanning xizmatlarini inobatga olgan partiya 1926 yildan uni o‘zining jazolash mashinasi bo‘lgan OGPU saflariga oladi.

1931 yilda esa Apresyan OGPUda bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosarligigacha ko‘tariladi. Qarang, Moskvada OGPUning hatto bo‘lim boshlig‘i ham bo‘lmagan bir odamning O‘zbekiston ichki ishlar xalq komissari qilib yuborilishi g‘alati.

Bu oddiy tasodifga o‘xshamaydi. Bolsheviklar 17-yildagi Turkiston ozodlik harakatini arman millatchilari qo‘li bilan bostirganlarini juda yaxshi eslashardi.

Bu safar ham aynan o‘sha millatning millatchilar tashkiloti – “Dashnoqtsutyun”ning sobiq a'zosi bo‘lgan kimsani o‘zbek ziyolarini qatag‘on qilish uchun yuborganligi tasodif emasdi menimcha.

Derenik Zaxarovich Apresyan 1937 yil avgust oyidan 1938 yil noyabrigacha O‘zbekiston SSR NKVDga rahbarlik qilib, maxsus uchlik tarkibiga kiradi.

Apresyan o‘zbek oydinlarini, jadidlarini ayovsiz qatag‘on qilishda faol qatnashgan. Eng qizig‘i, o‘zbek millatining bu qotilini O‘zbekiston SSR hududidan SSSR Oliy Sovetiga deputat qilib saylaganlariga hayron qolmasa ham bo‘ladi. Saylovlar qachon o‘zi shaffof, sof adolatli o‘tganki, o‘sha mudhish 30-yillarda o‘tsa?

Ammo mazlumlar qarg‘ishi qiyomatgacha qolmas ekan. Apresyan 1938 yil 20 noyabr kuni Yejov kadri sifatida Germaniya, Yaponiya, Italiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblanib hibsga olinadi.

1939 yil 22 fevral kuni SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi hukmi bilan Moskva yaqinidagi Kommunarka tumanida otib o‘ldiriladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 june 2017
«Yana otasi boy ikkichilarning omadi kuldi», deydi rassom Tuz bakalavriat va magistratura bosqichiga qabulning 20 iyun kuni chiqarilgan yangi ...
8 january 2026
Kolumbiya prezidenti Maduroni taqdiri boshiga tushishini istamaydi. Shunga u «aqlli bola» bo‘lib Trampga tel qilib «oka sizzi etganizdi qilaman¸ ...
13 january 2025
Yangi O‘zbekistonning eski muommolari. Hujjatsiz qurilayotgan uy, oylab olib ketilmayotgan chiqindi, ko‘pqavatli uylarga yetib bormayotgan suv. Andijon, Zarafshon, Shovot, Jarqo‘rg‘on va ...
2 september 2016
Konstitutsiya chekloviga qaramasdan 27 yil prezidentlik lavozimida o‘tirgan Islom Karimov dafn qilinar ekan, undan keyin kim bo‘ladi degan savol ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...