Asosiy mavzular
30 may 2018

Muhammad Solih rasmini ushlab suratga tushganlar prokuraturaga chaqirildi

Xorazmlik shoir Mahmud Rajab va yana uch nafar shaxs 29 may kuni viloyat prokuraturasiga chaqirildi. Maxmud Rajab «Eltuz» muxbiri bilan suhbatida, prokuraturaga chaqiriq sababini Muhammad Solihni vatanga qaytarish tashabbusi va uning rasmini ushlab tushgan suratlarini feysbukka qo‘yishlari bilan bog‘laydi.

«Bobomurod ozod etilgan kuni to‘rttalamiz Muhammad Solih rasmini ushlab tushgan suratimizni internetga qo‘ygandik. Shuning uchun darrov sezdik nima uchun chaqirilganimizni. Oybek Sultonov degan yigit bizni bitta bittadan qabul qildi» deydi Mahmud Rajab.

Prokuraturaga telefon orqali chaqirilganini aytgan, Mahmud Rajab shuningdek, ikki soatdan ortiq cho‘zilgan suhbat, ko‘proq jinoyat ishi tergoviga o‘xshaganini bildiradi.

Prokuraturadagi so‘roq va ogohlantirishdan unga ma'lum bo‘lishicha, sal avvalroq Mahmud Rajab bilan yaqin aloqada bo‘lgan urganchlik ikki talaba bilan ham prokuratura shunday «do‘stona suhbat» o‘tkazilgan.

«Bu yigitlar bilan o‘rtamizda ijodiy munosabat bo‘lgan. Ular Muhammad Solih badiiy ijodini o‘rganishgan. Lekin men ularga siyosatga aralashmaslik, hatto Muhammad Solihni qaytarish murojaatiga qo‘l qo‘ymaslikni maslahat berganman. Lekin, menga ko‘rsatilgan ogohlantirishda buning mutlaqo teskarisi aks etgan», deydi Mahmud Rajab.

Uning bildirishicha, yigitlar bilan o‘tkazilgan «suhbat» ham go‘yoki ularning Muhammad Solih bilan «jinoiy» aloqalari, O‘zbekistonda «Erk» demokratik partiyasini qayta tiklash harakatlariga oid bo‘lgan. Mahmud Rajabning havotiricha, bu huddi o‘tgan yilning sentyabrida hibsga olingan Bobomurod Abdulla va uch nafar shaxs ustidan o‘tgan tergov motivlarini eslatadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvarida Mahmud Rajab va boshqa bir qancha o‘zbek ziyolilari «Erk» Demokratik partiyasi lideri Muhammad Solihni vatanga qaytarishni so‘rab prezident Shavkat Mirziyoevga murojaat bilan chiqishgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 may 2020
2020 yil 14 mayda O‘zbekiston hukumati mamlakat sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimova tomonidan “noqonuniy xarid qilingan” aktivlarni sotishdan tushgan ...
14 october 2025
Eski va yangi O‘zbekistonning printsipial farqi paxtada. Ya'ni rasman yangi O‘zbekistonda majburiy paxta terimi yo‘q.  Lekin Shofirkonda Suv ta'minoti ...
15 january 2026
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida mehnat qilayotgan oddiy ishchi-xodimlar O‘zbekiston neft-gaz sohasi rahbariyatiga murojaat bilan chiqdi. Ularning ta'kidlashicha, zavodda ...
24 february 2017
Andijonda pensiya pullarini vaqtida ololmagan pensionerlar yana plastik kartochkadan foydalanishga o‘tmoqda. Joylardagi pensiya jamg‘armalari bo‘limlari oldida har kuni tumonat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...