Asosiy mavzular
21 september 2020

Paxta terimi bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar

O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlandi. Shu sababli har yili bo‘lganidek, joriy yilda ham aholi orasida ushbu mavzu dolzarb bo‘lishi tabiiy. Shunga ko‘ra, mushtariylar tomonidan eng ko‘p berilgan savollarni to‘plashga harakat qildim. Kimgadir foydasi tegadi, degan umiddaman.

Paxtaga chiqish majburiymi?
Yo‘q, majburiy emas! Majburiy bo‘lishi mumkin ham emas!

Paxtaga o‘rniga odam berish majburiymi?
Yo‘q, majburiy emas! Majburiy bo‘lishi mumkin ham emas!

Paxtaga pul berish (yoki oyligidan ushlab qolish) majburiymi?
Yo‘q, majburiy emas! Majburiy bo‘lishi mumkin ham emas!

Paxtaga chiqmaslik faqat o‘qituvchi va shifokorlargami, boshqa tashkilotlar chiqishadimi?
Yo‘q, barchaga majburiy emas. Qaerda, qaysi tashkilotda, qaysi lavozimda ishlashidan yoki ishsizligidan qat'i nazar.

Tadbirkorlar paxtaga pul berishga majburmi?
Yo‘q, majbur emas. Buni talab qilishga hech kimning, na hokimlik, na soliqchi va na boshqasining haqqi yo‘q. O‘zi istaganlar paxta terimining tashkiliy ishlari uchun xayriya qilishi mumkin. Lekin bu yerda eng muhim joyi – xayriya ixtiyoriy bo‘lishi kerak, majburiy emas, ixtiyoriy-majburiy ham emas!

Bankdagilar o‘rniga odam berishga majburmi?
Yo‘q, majbur emas. Buni talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q.

Mahalladagi ishsizlar paxtaga chiqishga majburmi?
Yo‘q, majbur emas. Lekin uyida g‘irt bekorchi bo‘lib, tayinli ish qilmasdan yotgandan ko‘ra, o‘z ixtiyori bilan chiqib, qo‘shimcha daromad olish maqsadida paxta terimiga chiqish tavsiya etiladi. Mehnatdan birov o‘lmagan, qaytanga 2-3 mln atrofida daromad olishi, ro‘zg‘origa foyda keltirishi mumkin. Albatta, bu ham faqat ixtiyoriy bo‘lishi kerak.

Paxta terimiga chiqmoqchi bo‘lganlar qaerga murojaat qilishi kerak?
O‘z ixtiyori bilan paxtaga chiqmoqchi bo‘lganlar terim.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy bo‘limlariga yoxud 712000602 telefon raqamiga ham murojaat qilishlari mumkin.

Paxtaga chiqmagan xodimlarni ishdan bo‘shatish mumkinmi?
Mumkin emas. Bunday holatda xodimlar qayta ishga tiklanadi.

Mahalla raisi paxtaga chiqmagan ayollarning nafaqasidan pul ushlab qolishi mumkinmi?
Yo‘q, mumkin emas. Ayrim hollarda mahalla raisi paxtaga chiqmasang, butunlay nafaqangni qirqib tashlayman yoki nafaqa uchun ariza berganlarga paxtaga chiqmasang, nafaqa tayinlamayman, deb ham qo‘rqitadi, mana shu talablar ham qonunga xilof.

Shifokorlar paxtaga chiqishi aytilyapti-ku!?
Ha, o‘tgan yildagi kabi shifokor va hamshiralar paxta terimiga jalb etilishi mumkin, lekin ular paxta terish uchun emas, balki o‘z xizmat vazifasidan kelib chiqib, terimchilar otryadiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun xizmat safari tarzida biriktiriladi. Ular terimchilarning sog‘lig‘ini doimiy nazorat qilib turishadi, zarur bo‘lganda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishadi. Bu majburiy mehnat hisoblanmaydi.

1 kg paxta tergani uchun qancha haq beriladi?
Umumiy holatda qo‘l bilan terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda 1000 so‘m beriladi. Aholi kam bo‘lgan ayrim hududlarda esa 1-terim kamida 1200 so‘m qilib belgilangan. Ikkinchi terimda esa 1400 so‘m to‘lanadi, ayrim tumanlarda 1600 so‘mdan boshlab beriladi.

Agar majburiy mehnat holatiga duch kelinsa, qaerga murojaat qilish mumkin?
Agar majburiy mehnatga jalb qilinsangiz, quyidagi ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin:

Ishonch telefoni: 1176 yoki 1092
Manba: dmi.mehnat.uz

Tag‘in o‘qing
23 april 2018
Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston byudjetidan 4 million dollardan ortiq mablag‘ o‘marilgan. Bu haqda Moliya vazirligiga asoslanib, mamlakatning bir ...
15 august 2025
Bir kuni Majnun (asl ismi Qays) yo‘lda Laylining itini ko‘rib qoldi. Sevgilimning itini bir erkalay deb Majnun itning ëniga  ...
29 september 2016
Paxta terish har bir musulmon uchun «vojib amal» deya hukm chiqarayotgan imomlar haqidagi mavzuni rassom Adolatxon davom ettiradi. Uning ...
16 september 2020
Vashington shtatidan o‘zini «mustaqil olim» deb atagan shaxs surgundagi o‘zbek ayirmachilarining yetakchisi uchun AQShdagi agent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Asli ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...