Asosiy mavzular
28 october 2020

Nega Xitoy mollariga boykot e'lon qilmaymiz?

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Frantsiya mollarini boykot qilishga chaqirdi. Tushundik. Xitoy mollariga boykot qilsak qandoq bo‘lar ekan, rais?

Xitoyning Sharqiy Turkistondagi uyg‘urlarga qilaëtgan zulmini Yevropadagi musulmonlar duch kelaëtgan muammolar bilan muqoyasa ham qilib bo‘lmaydi.

Uyg‘urlar ishg‘ol ostidagi o‘z ona yurtida milliy o‘zligi, tarixi va me'moriy qadriyatlaridan mahrum etilmoqda hamda ularning masjidlari yo‘q qilinmoqda. Millionlab uyg‘urlar kontslagerlarda majburiy mehnat qilmoqda.

Ularning aëllari bichilmoqda. Homilador uyg‘ur aëllar majburiy abort qildirish kabi dahshat bilan yuzma-yuz qolmoqda.

Qisqasi, bugun dunëda hech bir millat uyg‘urlar kabi genotsid qilinmayapti. Kommunistik Xitoy qilmoqda bu genotsidni. Kechgan yilda BMTga a'zo 39 o‘lka imzolagan ochiq maktubda “Xitoy hukumati Sharqiy Turkiston uyg‘urlarini ozod qilsin!” degan talab ëzilgan edi.

Bu maktubda Sharqiy Turkistonda xalqaro inson huquqlari hay'ati to‘liq faoliyat yuritishi lozimligi ta'kidlangan edi. Ammo bu maktubga imzo chekkan 39 davlat orasida Turkiya yo‘q. Umuman, o‘zini musulmon davlati deb biladigan birorta o‘lka bu maktubga imzo chekmagan!

Bahodir FAYZ,
«Eltuz» tahlilchisi, AQSh

Tag‘in o‘qing
18 may 2017
17 may kuni ijtimoiy tarmoqda odamlarni vahimaga soluvchi video paydo bo‘ldi. Yo‘l-yo‘lakay mashina oynasidan olingan tasvirda, militsiya kiyimidagi shaxs ...
29 june 2017
28 iyun kuni Bryusseldagi yig‘ilishda Markazi Berlinda joylashgan «O‘zbekiston Germaniya forumi» va Xalqaro Human Rights Watch tashkiloti paxta sohasidagi ...
30 may 2016
«O‘zbek hukumati zudlik bilan va hech qanday shartsiz, 10 oktyabr kuni siyosiy motiv bilan qamoqqa hukm qilingan mustaqil jurnalistni ...
2 april 2024
Shahrisabzlik mashhur polvon To‘ra Avroqulovning otib o‘ldirilgani rasman tasdiqlandi. Shahrisabz tumani prokuraturasi tomonidan To‘ra Avloqulovning hayotiga suiqasd qilinganligi holati ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...