• Ulug‘bek Mirzamuhamedov qimmatbaho mashinalar kollektsiyasiga ega edi - eltuz.com
Asosiy mavzular
28 december 2020

Karimovning qudratli yordamchisi ozodlikka chiqarildi

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga yaqin manbalarning “Eltuz”ga xabar berishicha, 2016 yil avgust oyi oxirigacha prezident Islom Karimovning referent-yordamchisi bo‘lib ishlagan va 2020 yil noyabr oyi oxirlarida DXX tomonidan qamoqqa olingan Ulug‘bek Mirzamuhammedov o‘tgan seshanba, 22 dekabr kuni ozodlikka chiqarilgan.

Manbalar 52 yoshli Mirzamuhammedovning nima sababdan ozodlikka chiqarilgani ularga noma'lum ekanini aytishdi.

“Balki DXX katta miqdordagi rasmiy garov evaziga unga belgilangan hibs chorasini ozodlikda yurib tergovga qatnash shartiga o‘zgartirgandir.

Bundan tashqari, DXXning ochofat rahbariyati Mirzamuhammedovning pullari va yuritib turgan bizneslarini tortib olib, umuman jinoyat ishini yopgan bo‘lishi ham mumkin. Uning ozod qilinishini prezident Mirziyoev talab qilgan bo‘lishi ham mumkin”, deya taxmin qildi manbalardan biri.

Mirzamuhammedovning bir oyga yetmasdan “Gvardeyskiy” qamoqxonasidan chiqarib yuborilishi kutilmagan hol bo‘ldi.

O‘tgan haftada “Eltuz” Ulug‘bek Mirzamuhammedovning qamoqqa olingani haqida “Karimovning qudratli yordamchisini aslida kim “buyurtma” qildi?” sarlavhali maqola e'lon qilgan edi.

Unda “Eltuz” o‘z manbalariga tayangan holda Ulug‘bek Mirzamuhammedov aslida Toshkentdagi doiralarda “Sadaf”, “Tishdo‘xtir”, “Stomatolog” laqablari bilan tanilgan Farrux Mirzaevning buyurtmasiga ko‘ra “ichkari”ga olingani haqida yozgan edi.

Maqolada bu buyurtmaga Farrux Mirzaevning Ulug‘bek Mirzamuhammedov oldidagi yirik (bir necha million AQSh dollari) miqdordagi hamda hanuz to‘lanmagan qarzi sabab ekani iddao qilingan edi.

“Eltuz”ga yaqin manbalarning aytishicha, Karimov iqtidorining so‘nggi yillarida yordamchi-referent Georgiy Kraynovning o‘rniga tayinlangan Ulug‘bek Mirzamuhammedov tezda o‘z lavozimini suiiste'mol qilishga tushgan.

Jumladan, Ulug‘bek Mirzamuhammedov O‘zbekistonning elchixona va konsulliklariga rahbar tayinlash ishlariga muttasil ravishda aralashib kelgan.

“Eltuz”ning Toshkentdagi manbasining ta'kidlashicha, prezident Shavkat Mirziyoev 2016 yil sentyabr oyida iqtidorga kelishi bilanoq Ulug‘bek Mirzamuhammedovni ishdan olib tashlagan.

“Ulug‘bekka suyanib yurganlardan birgina “Murod bilding” qoldi”, deydi “Eltuz” manbasi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ulug‘bek Mirzamuhammedov hibsga olingunga qadar Toshkentdagi tarixiy obidalarni buzib, o‘rniga ko‘p qavatli uylar qurishga odatlangan “Murod Building” shirkati rahbari Murod Nazarovga “qalqon”lik qilib kelgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 november 2025
Mirzo Ulug‘bek tumani Avayxon MFY Do‘rmon yuli ko‘chasida joylashgan 46 uyda 2021 yilda qurib topshirilgan. Aholining ta'kilashicha, dom qurib ...
3 november 2024
AQShdagi saylovlar arafasida Tramp haqidagi «Shogird» (The Apprentice) badiiy filmi namoyish etildi. Filmda yosh biznesmen Jey Tramp Manxettenda uyma ...
25 february 2020
Shu kuni uyquga yotish e'lon qilinganidan so‘ng taxminan tungi soat 2 gacha uxlolmadim. Antonenkoning aslida kim ekanligi haqda bosh ...
14 december 2022
O‘zbekistondagi energetika sohasidagi absurdliklar, putinoid o‘risqullar va din tujjori tolibon kallalarning qora fonida Amerika olimlaridan dunyoni sevintiruvchi bir xushxabar.  ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...