Catira
22 november 2025

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yangi ko‘p qavatli uy – teshik tog‘ora

Mirzo Ulug‘bek tumani Avayxon MFY Do‘rmon yuli ko‘chasida joylashgan 46 uyda 2021 yilda qurib topshirilgan.

Aholining ta'kilashicha, dom qurib topshirilganidan so‘ng ko‘p o‘tmay tom, zina, yerto‘la va shaxta kismlaridan suv o‘tib boshladi.

Quruvchi ham, uy boshqaruv serviz kompaniyasi Avayxon obod grup ham kamchiliklarni bartaraf etmayapti.

«Avayxon obod grup korxonasi soxta hujjatlar asosida bizdan majburiy badal pullarini undirib yurdi. 2025 yil 22 yanvardan boshlab ushbu boshqaruv servis kompaniyasi noqonuniy faoliyati buyicha chora ko‘rishni so‘rab Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyatiga, IIBga, tuman va Bosh prokuraturaga, kurilish vazirligiga, kurilish vazirligi inspektsiyasiga, Prezident administratsiyasiga va respublika DXXga murojaat qildik.»

Murojaatlardan keyin Avayxon obod grup MChJ boshqaruv servis kompaniyasiga nisbatan jinoyat ishi kuzgatildi. Biroq ish tergovda yotibdi, hech qanday siljish yo‘q.

Eltuz surishtiruviga ko‘ra, Avayxon obod grup MChJ rahbarining turmush o‘rtog‘i Mirzo Ulug‘bek tuman obodonlashtirish boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlaydi. BSKda oiladagi kelin va o‘g‘il ham «ishlaydi».

«Bu boshqaruv serviz kompaniyasi uyning muammolarini hal qilish o‘rniga hovlidagi anjomlarni o‘g‘irlab ketmoqda».

Ma'lum bo‘lishicha, 19 noyabr kuni bir nechta telvidenya jurnalistlari bilan birgalida Toshkent shahar qurilish inspektsiyasi kelib binoni tekshirgan. Domning tayanch devori buzilgani sabab beton siljib ketdi va bunda bir ishchi jiddiy jarohatlandi. Bot-bot murojaatlarga qaramasdan  mutasaddilar bu binoning muammolariga nega ko‘z yummoqda?

Tag‘in o‘qing
19 august 2023
2023-yil 18-avgust kuni tvitterda Tolibon rejimi amaldori bachabozligi tasvirlangan video e'lon qilindi.  Bu O‘zbekistonda ba'zilar qurishni orzu  qiladigan Tolibon ...
7 june 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 31-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Albatta, bu orzuga erishish ...
6 september 2018
Yosh ayol bilan intim videosi internetda tarqalgan 61 yashar xorazmlik mulla Abduhamid Otajonov urganchlik to‘rt nafar militsiya xodimi uyiga ...
1 september 2016
Miyasiga qon quyulgani aytilgan Islom Karimovning tug‘ilgan uyidan 100 metr naridagi Chorraxa masjidi bo‘ladigan muhim tadbir – dafn marosimi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...