Asosiy mavzular
21 february 2021

Tanzila Norboeva ikki nogiron ukasi bor yigitga qanday va'da bergan edi?

Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi Do‘smat qishlog‘ida yashovchi Ulug‘bek Murodov Senat raisasi Tanzila Norboeva bergan va'dasini bajarmagani xususida ijtimoiy tarmoqda bir necha bor chiqishlar qilgan. 

Ma'lum bo‘lishicha, 18 fevral kuni tuman prokuraturasi Ulug‘bek Murodovni sudga chaqirib, unga tuhmat qilganlik aybini qo‘ygan.

“Ukalarim ruhiy kasal, – deydi Ulug‘bek Murodov “Eltuz” bilan suhbatda. – Ota-onam 2017 yil vafot etgan. Bizda 2018 yildan buyon uy-joy masalasida muammo bor. 3 yil ichida ham bu masala o‘z yechimini topgani yo‘q.

Ijtimoiy tarmoqlarda tinimsiz chiqishlar qilib kelyapman. Prezident qabulxonasiga, portaliga arizalar topshirganman.  2020 yil senator Sanobar Suyarova muammongni yechib beraman, meni Tanzila Norboeva yubordi, deb ko‘p va'dalar berib ketdi. Ammo amalda hech narsa qilmadi”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uy, hovli, bog‘larini olib qo‘yishmoqchi. Ikki ukasini nogironlik uyiga topshirib, o‘zi chetga chiqib ketishini talab qilishyapti. Yarim gektardan oshiqroq yerini hujjatlari joyida emas, degan bahonada Baxmal tumani kadastr bo‘limi noqonuniy ravishda musodara qilib yubormoqchi. 

“Ularga ko‘plab hujjatlar taqdim etganman. Bizning asosiy daromadimiz shu yerdan. Bog‘imiz bizni boqadi. Yersiz ukalarim bilan qiynalib qolamiz. Iltimos, ishimiz ijobiy yechim topgunga qadar biz bilan aloqada bo‘lib turing”, dedi Ulug‘bek Murodov “Eltuz” bilan suhbatda.

Baxmal tumani kadastr bo‘limi boshlig‘i Fayzullo O‘sarovning bildirishicha, Ulug‘bek Murodov menga tegishli, deya iddao qilayotgan yer qonun doirasida unga rasmiylashtirmagan. Undan hujjat talab qilinganda nogiron ukalarini pesh qilmoqda.

– To‘g‘ri, unga ham qiyin,- dedi Fayzullo O‘sarov. – Ammo biz ham ishimizni qonun doirasida qilamiz. Afsuski, qog‘oz gapiradigan zamonda yashayapmiz. Uning ijtimoiy tarmoqlarda asosli va asossiz chiqishlari tuman obro‘siga yaxshi bo‘lmadi. Biz uchun ham inson taqdiri muhim omil sanaladi. Albatta, kadastr xodimlari uning ishi ijobiy hal bo‘lishiga yordam beradi.

Tuman hokimligi mutasaddilari ushbu mavzu bo‘yicha intervyu berishni xohlamadi. Tanzila Norboeva nomidan va'dalar bergan senator Sanobar Suyarova bilan ham bog‘lanish imkonsiz bo‘ldi.

Tag‘in o‘qing
20 march 2020
18 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 47 yoshli Gulnora Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish ...
25 february 2023
O‘zbekistonlik taniqli shoir Oshiq Erkin – Erkin Madrahimov 86 yoshida olamdan o‘tdi. Shoirning janoza marosimi  25 fevral kuni Urganchda bo‘ldi.  ...
4 april 2020
Mana, hafta o‘tib siz bilan yuzlashdim. Ko‘zlaringiz qorachig‘ida o‘zimni ko‘raman. Sizning dardingiz – mening dardim. Sizning g‘amingiz – mening ...
1 november 2021
Rassom Kirpi
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...