Asosiy mavzular
27 february 2021

Xidirnazar Allaqulovga qay ahvolda? Nega uni oilasiga ko‘rishtirmayapti?

26 fevral kuni tuzilajak «Haqiqat va taraqqiyot» sotsial- demokratik partiyasi tashabbuskori, iqtisod fanlari doktori Xidirnazar Allaqulov uyidan kuch ishlatar tuzilmalar xodimlari tomonidan Andijon viloyatiga olib ketilgan.

«Eltuz» muxbiri holatni o‘rganish uchun uning yaqinlari, qo‘ni-qo‘shnilari va Andijon viloyati Buloqboshi tumani IIB bilan bog‘landi.

Xidirnazar Allaqulovning oilasi – xotini, ikki o‘g‘li va qizi bugun Andijon viloyati Buloqboshi tumaniga yetib borgan. Xidirnazar Allaqulov bilan ko‘rishish imkoni bo‘lmagan.

X.Allaqulovning voqea guvohi bo‘lgan (ismini sir tutishni xohlagan) qo‘shnisi «Eltuz»ga kecha nimalar bo‘lganini so‘zlab berdi.

«Xidirnazar akaning uyiga kuch ishlatar tizimining o‘ntacha xodimi keldi, – deydi qo‘shni. – Uni olib ketishi kerakligi ko‘rsatilgan qog‘ozni ko‘rsatdi. Domla qarshilik qildi. Oilasi holatni videoga olmoqchi bo‘lganda, ularning telefonlari tortib olib qo‘yildi.

Xidirnazar aka eshikni ichkaridan qulflab oldi, partiyaning xayrixohlariga ham uni ochmadi. Biroz o‘tgandan so‘ng taqdirga tan berib, organ xodimlari bilan Andijonga ketishga rozi bo‘ldi.

Shovqin-suron ko‘tarildi. Domlaning qizi ularga qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Odamlar orasida birorta formalisi yo‘q edi. Barchasi fuqarolik kiyimida. O‘zini Buloqboshi tumani IIB tergovchisi deb tanishtirgan kishi odamlarga domlani nima sababdan olib ketayotganini qo‘lidagi qog‘ozdan o‘qib berdi».

Buloqboshi tumani IIBning mayor rutbasidagi tergovchisining aytishicha, partiya faoli Muhammadamin Ermatovga nisbatan hujjatlarni soxtalashtirish aybi qo‘yilgan. Bu ko‘rsatma Xidirnazar Allaqulov tomonidan berilgan.

– Bunga aniqlik kiritish uchun X.Allaqulovga ikki marta chaqiruv qog‘ozi yuborganmiz, – deydi mulozim. – Kelmagandan so‘ng IIB xodimlari yordamida olib kelishga majbur bo‘ldik. X.Alaqulovning ahvoli yaxshi. Unga hech qanday ruhiy va jismoniy tazyiqlar bo‘lmagan.

Tergov bo‘limi xodimi X.Allaqulov yaqinlari bilan uchrashtirilmayotgani haqidagi savollarga javob bermadi.

Allaqulov Buloqboshi tumani IIB tergov bo‘limi boshlig‘i Sarvar Siddiqovga telefon qilib, “chaqiruv qog‘ozi kech kelgani, qish kuni Toshkentdan Andijonga borish mushkulligini” tushuntirgan.

«Eltuz» muxbiri eshitgan audioda tergov bo‘limi boshlig‘i vaziyatni tushunib, chaqiruvni boshqa kunga o‘tkazishga rozi bo‘ladi. Aftidan, Ichki ishlar vazirligi o‘z vazifasi qolib, joriy hukumat muxoliflaridan siësiy o‘ch olish ma'rakasida o‘z ixtiëriga zid tarzda qatnashtirilmoqda.

Iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov uch oy oldin yangi partiya tuzish payiga tushgandan buyon unga ko‘rinmas kuchlar tomonidan zarbalar berilmoqda.

“Bloger” nomi ostida parvarishlangan trollar armiyasi ham Allaqulovni ëmonotliq qilish uchun tirishaëtganligi kuzatiladi.

Xidirnazar Allaqulov haqida ikki og‘iz so‘z. U 1956 yilda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. Termiz davlat universiteti rektori bo‘lib ishlagan vaqtida qo‘l ostidagi nojo‘ya harakat qilgan amaldorlarni ishdan bo‘shatib, o‘ziga dushman orttirgan.

2002 yilda universitet rektorligiga tayinlanib, ikki yil ishlagach, mablag‘larni talon-taroj qilganlikda ayblanib ishdan bo‘shatilgan. So‘ng sud orqali o‘zining oqlashishiga erishgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev 8 fevral kuni “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagan.

Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, prezident saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar bundan buyon oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda bu yilgi prezident saylovi 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Saylovda Karimov davri merosi bo‘lgan mavjud qo‘g‘irchoq partiyalar vakillarigina nomzod sifatida qatnashishi kutilmoqda.

Tag‘in o‘qing
14 september 2020
Koronavirus xabarlari berib boriladigan telegram kanalida 11 sentbyar soat 17:00 da bunday xabar berildi: Respublikada so‘nggi soatlarda 233 kishida ...
30 august 2016
Kecha, 29 avgust kuni, qator internet nashrlari, O‘zbekiston prezidentining o‘limi haqidagi xabarni chop qildi, jumladan biz ham. Hozirga qadar ...
7 april 2021
Germaniyaning “Lyuftganza” aviashirkati uchog‘i Istanbuldagi Otaturk aeroportiga qo‘nish uchun pastladi. Qo‘yli “tur bolam”, degan ovozdan uyg‘ondi. Bir vaqtlar onasi ...
23 october 2025
Yevropa Ittifoqi yetakchilari sammiti oldidan Ukraina prezidenti shuningdek, rossiyaliklar fuqarolik infratuzilmalariga hujum qilishda davom etayotgani, bolalar bog‘chalari, maktablar va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...