Catira
15 august 2025

Siz nimaning peshindasiz?

Bir kuni Majnun (asl ismi Qays) yo‘lda Laylining itini ko‘rib qoldi. Sevgilimning itini bir erkalay deb Majnun itning ëniga  borsa it qochdi. Majnun itni quvib ketdi. 

It quvlagan Majnun bir masjidning ënidan «zuvv» etib  o‘tib ketdi. Masjid ayvonida odamlar nomoz o‘qib o‘tirardi. Itni quvib usholmagan Majnun ortiga qaytaëtib yana masjid oldidan o‘tdi. 

Masjidda nomoz o‘qib o‘tirgan odamlardan biri  Majnunni malomat qildi. «Nega nomoz paytida bir ko‘ppakning ortidan quvalab yuribsan. Bizning nomoz o‘qib o‘tirganimizni ko‘rib ham yugurib o‘tib ketding,» dedi. 

Majnun bo‘lsa: «Men sizlarni ko‘rganim yo‘q. Men sevgilimning iti peshinda edim. Butun o‘y haëlim ashinga fokuslangan edi. Menku bir it peshinda yurib sizlarni ko‘rmadim. Ammo sizlar nomoz o‘qiëtib¸ Xudo peshinda bo‘lib, uzoqda it quvalab yurgan Majnunni qanday ko‘ra oldingiz? Nega o‘z e'tiqodingizga fokuslanmay ën atrofga alanglaysiz?» deydi.

Bugun o‘zi chala-chulpa ro‘za tutib: «Nega palonchi ro‘zador emas?» deya barmoq niqtagan takfirchilar mikrobday urchigan. O‘zing ro‘za tutdingmi? OK. Tabriklaymiz. Senga oxiratda poydasi tegadi.  Ammo boshqa bilan sening nima ishing bor? Birovning ko‘zidagi zirapchani ko‘rguncha, o‘z ko‘zingdagi g‘o‘ladan ehtiët bo‘l. 

It quvgan Majnunni benamozlikda ayblagan mutaasib kabi bo‘lma. Har kimning go‘ri boshqa¸ sovol javobini o‘zi beradi. Sen esa o‘zingni bil. 

Shu o‘rinda yana bir rivoyat. Bir oq do‘ppilik soqoltoy yigit betonkani o‘rtasida o‘tirvolib nomoz o‘qiyapti. Ikki tarafda o‘taëtgan kamaz sho‘pirlari moshindan kalla chiqarib «Barakalla. Rosa taqvoli ekansan» deyishsa, anavi yigit nomozni to‘xtatib ularga qarab «men ro‘zayam tutganman» dermush.

Ashnaqa gaplar.

Tag‘in o‘qing
6 february 2022
U ko‘p gaplarni o‘zining auditoriyasidagi savol hamda muammolardan kelib chiqib gapirayapti (videoni to‘liq ko‘rishni tavsiya qilaman). Treningda erga tegishni ...
10 december 2021
BMTning inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Fionnuala Ni Aolain O‘zbekiston hukumatining Suriya, Iroq va Afg‘onistondagi ayollar va bolalarni vataniga qaytarish ...
12 september 2025
Axmad Beyjon Erjilosun “O‘zbekiston” mehmonxonasi keng maydonga qaragan, xuddi bu maydonni quchoqlayotganday, yarim doira shaklida bino etilgandi. mehmonxonaga oldinroq ...
11 november 2015
Rassom: Tuz Eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...