Asosiy mavzular
15 march 2023

Dumbadze va qonun – yoki Luiza Rasulova tarmoqda nega yig‘ladi?

«Brilliant qo‘l» kinofilmi qahramoni chet elda «it odamga do‘stdir» «bizda esa domkom do‘stdir» deydi. O‘zini «domkom» ëki «etajkom» deb nomlab olgan  «hukumat xotinlar» siz o‘z pulingizga olib yashaëtgan uyingizdagi haëtingizni jahannamga aylantirishi mumkin.  Domkom xotinlar bilan shallaqilikda o‘tmishdagi do‘llarchi xalimalar bellasha olardi. Chilonzordagi ko‘p qavatli uylarda kim yashagan bo‘lsa domkom degan ajina haqida gapirishga hojat yo‘q.


Tarmoqda qo‘lma qo‘l bo‘lgan video aynan Chilonzorda yuz berdi. «Men palonchi milisa nachalnik to‘yida ocharchilik qiladigan dumbadzening» enasiman deb bo‘yniga domkom beyjigini osvogan 63 yashar xola bino eshigiga kodli zamok va domofon o‘rnatdi. Aslida u binoning birinchi va ikkinchi qavatida joylashgan o‘quv kurslariga odam kiritmaslik uchun o‘zining noqonuniy hokimiyatini o‘rnatgan edi.

Bu birovning biznesiga atay halaqit berish deb ataladi. Agar bu xola o‘nta dumbadze ocharchining enasi bo‘lsayam bunga haqqi yo‘q.

Xullas 9 mart kuni o‘quv markaziga kira olmagan xodimlar milisani va o‘quv kursi rahbarini chaqirishgan. Ocharchi artsning enasi esa artslik qilib o‘zini yerga otib «oh o‘ldim, meni toptab tashashdi» deb chochini yulib yerlarda og‘onagan. Bu haqda  shahar IIBB ma'lumot berdi.

«9 mart kuni soat 15.00 larda Chilonzor-6 dahasidagi ko‘p qavatli uylardan birining uyboshisi — 1959 yilda tug‘ilgan A.R. (Luiza Rasulovaning onasi) va shu ko‘p qavatli uyning ikkinchi qavatida joylashgan o‘quv muassasasi rahbari — 1971 yilda tug‘ilgan B.Ch. bilan o‘zaro nizo kelib chiqqan. Nizoning sababi A.R. ko‘p qavatli uyning umumiy kirish eshigiga kodli qulf qo‘yib, ikkinchi qavatda joylashgan o‘quv muassasasiga kelgan o‘quvchilarning kirishiga to‘sqinlik qilgan. Shu orada B.Ch. fuqaro A.R. ning qo‘lidan tortgan vaqtida A.R. va uning qizi Luiza Rasulova yerga yiqilgan.»

Ana shundan keyin tarmoq sahnasiga dumbadze nomi bilan tanilgan aktrisa Luiza Rasulova chig‘ib kelib timsox ko‘z ëshlarini to‘kib ko‘ngli bo‘shlarni yig‘latgan.

Menam jiladim buni ko‘rib. Lekin bu hammasi teatr ediku, nega bu artsning  «Uyboshi»  enasi birovning biznesiga halaqit beradi.

O‘zini yerga urib «ana o‘ldim» deb shallaqilik qiladi?

Spektakl  pardalari ochilib ëpiladigan teatr binosida bo‘lgani yaxshi. Chilonzor teatr ko‘rsatish uchun zo‘r sahna emas.

Qizining anatomik ustunligi uning enasining boshqalardan ustun bo‘lishi degani emas. Bu «Abadiyat qonuni» kitobida ëzilgan. Kitobni Dumbadze ëzgan. Gurji ëzuvchisi Dumbadze. Lekin ëzuvchining enasi bacham mashxur bo‘ldi deb shallaqilik qilmagan. Chunki asl Dumbadze Chilonzor ëki Qatortolda emas Tiflisda yashagan.

PS: Ayni matn rassom Tuzdan edi. Eltuz esa o‘z kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bizni kuzatib boring. Kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
26 february 2020
O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2020 yil 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida Jinoyat kodeksining 210-moddasi va boshqa moddalarida ...
13 september 2023
Salom qadrli muhlislar, bugun 12 sentyabr Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Buxoro viloyati sobiq hokimining uyushgan jinoiy guruh ...
16 april 2020
Rahmatli otam Madaminbeg Begjonbeg o‘g‘lining Ikkinchi jahon urushida olgan besh-oltita nishoni bor edi. Ulardan ikkitasi – katta kumush tanga ...
17 april 2023
Salom qadrli do‘stlar. Bugungi ko‘rsatuvimiz noodatiy formatda. Ko‘pchilikning ehtimol xabari bordir 15 apreldan boshlab Eltuz sun'iy intellektdan foydalanib xabarlar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...