Asosiy mavzular
21 march 2023

Samarqandning Berlindagi «ta'mi»

Gazeta. Uz nashri tagi o‘zbekistonlik Ukraina qochqinlari Germaniya boshkenti Berlinda restoran ochdi «mazasi yaxshi» deb ëzgani uchun bu yemakxonani qora tortib bordim. «Opel kadet somsa abet» uslubidagi kafe ekan. (Opel kadet o‘rtacha moshina hisoblanadi Yevropada).

10 ballik tizim bo‘yicha baholasam.

1. Lokatsiya. Juda yaxshi joyda joylashgan. Berlinning turist boradigan gastronomik ko‘chasi. 10 bal.

2. Kafe tashqi dizayni 4 bal. (Ëzuvlar yaxshi o‘qilmaydi. Yarq etgan g‘oya yo‘q)

3. Ichki dizayn 5 bal. (Bitta Samarqand aks etgan grafik suvrat bor devorda. Print¸ laminat menyu bilan dizayn tugaydi)

4. Xizmat ko‘rsatish 7 bal (Xushmuomala va chaqqon xodimlar)

5. Narx 7 bal. Bir kishiga 15 yevro atrofida. (ovqatiga yarasha) Faqat naqd pul olishadi. Karta bilan to‘lash imkoni yo‘q. (Bu katta minus)

6. Ovqatlar sifati 2. (Osh sovigan edi. Quyulib qogan mastavaga o‘xshaydi. Somsani jildi paxtali ishtonning charmagi kabi qalin edi. Somsalarni qutilarga solib bir yerlardan keltirishdi. Somsalardan xuddi Sovet payti arzon ëg‘da qovirilgan perashkani ta'mi keladi. Montining ham pokrishkasi qalin edi. Mantida ta'mning o‘zi yo‘q edi. Choyni choynakda berishdi bu yaxshi. Lekin sho‘rva ichadigan katta kosa qo‘yishibdi. Ikki xo‘plamay choy muzday bo‘ldi qoldi.

Bu yemakxonanini Pragadagi o‘zbek yemakxonalari bilan solishtirish paxtakor komandasini real Madrid bilan solishtirganday gap. Praga ancha ilgarida. Xullas Gazeta. Uz nashri maqtagan Samarqand ta'mi yo‘q. Umuman ta'mning o‘zi yo‘q. Lekin to‘chka zo‘r bo‘gani uchun «Boy ila Xizmatchi» spektaklidagi Solixboy aytgan kabi «pok pokiza tushirishyapti».
Bu g‘oyaning yagona yaxshi tomoni qandaydir oligarx boyotalar emas balki Ukrainadan qochqin bo‘lib kelgan musofir o‘zbeklar tarafidan ochilgani. Omad tilaymiz.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
19 november 2024
Ukrainaga Rossiya hududlarini yakson qilishga rasman izn berildi. Rossiyada oziq-ovqat narxlari oshdi. Shvetsiyadagi avtoshirkatga shohdor bug‘u hujum qildi. Jizzaxlik ...
26 march 2019
O‘zbekistonlik shoir, 56 yashar Mahmud Rajab 26 mart kuni ertalab 8.30 larda Gurjistonning Tiflis shahridan qaytayotganida Toshkent aeroportida o‘zbek ...
24 april 2018
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati sobiq raisi, Xorazm viloyati hokimi 59 yoshli Ilgizar Sobirov “salomatligi ëmonlashgani bois o‘z arizasiga ko‘ra” ...
8 october 2019
O‘zbekiston qahramoni, shoir Abdulla Oripovga Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan?Nechun tomoshaga bunchalar o‘chsan? Hurmatli Abdulla aka, ushbu xatimda sizning bir ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...