Asosiy mavzular
27 march 2023

Dilbar G‘afforova: Rauf Parfiga haykalni uning muxlislari o‘rnatdi

O‘zbek muzeylariga ko‘maklushuvchi Germaniyadagi xalqaro YUZUK tashkiloti ijrochi direktori Dilbar G‘afforovaning Rauf Parfi haykali ochilishda so‘zlagan nutqi:

Assalomu alaykum, xurmatli xonimlar va janoblar!
Bugun barchamizni, ushbu go‘zal dargohda to‘plagan kuch bu san'atdir!

San'at – barcha zamonlarda, turli tsivilizatsiyalar va madaniyatlar orasidagi muloqot tili bo‘lgan, muxim diplomatik vosita rolini o‘ynagan. Jumladan O‘zbekiston xalqlari ushbu vositadan moxirona foydalanib, tariximizning barcha bosqichlarida san'atga juda yaqin bo‘lishgan. San'atga bo‘lgan muhabbat, xorijda yashayotgan bir qancha yurtdoshlarimizni ham ijodiy guruhga birlashtirdi, shu tariqa entuziastlar jamoasi – «Yuzuk» dunyoga keldi. Vatanimiz madaniy xayotiga befarq bo‘lmagan ushbu jamoada, O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfiga yedgorlik o‘rnatish g‘oyasi paydo bo‘ldi, shoirning turli yurtlarda yashayotgan muxlislari tez orada bu g‘oyani quvvatlagan xolda beg‘araz moddiy ko‘mak ko‘rsatishdi. Yozuvchi, jurnalist, tadbirkor, olim, rassom va talaba ham byust yaralishiga o‘z xissasini qo‘shdi. Rauf Parfiga xaykalni uning muxlislari qo‘ydi! Yedgorlik muallifi etib mashxur xaykaltarosh Azamat aka Xotamov tanlandi.

Germaniyadagi madaniy tadbirlardan birida Yuzuk vakillari genial rassom Vyacheslav Oxunov bilan ijodiy suxbat jaraenida, o‘tgan asrning 80 – yillarida yaratilgan va 90 – yillar alg‘ov-dalg‘ov davrida yo‘qolib ketgan, ulkan tarixiy – madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan ikki kartinani topish va yurtimizga qaytarishni reja qildik. Bugun ko‘pchilikning mehnati evaziga, Oxunov mo‘yqalamigv mansub bo‘lgan «Cho‘lpon» portreti va «Buxoroning bombardimon qilinishi» asarlarini o‘rganish, ko‘rish, his qilish imkoni paydo bo‘ldi!

So‘zim yakunida kartinalar logistikasida yaqindan yerdam bergan «Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasiga», bugungi tadbirni amalga oshirish imkonini yaratgan O‘zbekiston davlat san'at muzeyi ma'muriyatiga, bizga har jihatdan ko‘makdosh bo‘lgan «Madaniy meros agentligiga», shaxsan Tursunali Karimovichga, O‘zbekistonning Frankfurt Mayn shaxri bosh konsulligiga va BMB Trade kompaniyasiga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman!
Rahmat!

Dilbar G‘afforova

Tag‘in o‘qing
5 november 2025
30 oktyabr kuni militsiya xodimlari Yakkabog‘ tumani Amir Temur jamoa xo‘jaligi, Xo‘ja Ilg‘or mahallasida yashovchi Manzura Turobovaning 6 sigiri ...
12 september 2023
(Bir to‘y haqida o‘y) Qo‘shiqchi Munisa Rizaevaning to‘yiga bir million dollarning tepasida rasxod bo‘ldi. Pulni Munisa Rizaevaning o‘zi o‘n ...
9 january 2026
Hayot velosiped haydashga o‘xshaydi. Muvozanatni saqlab qolish uchun siz doimo harakat qilishingiz kerak.
24 august 2023
O‘qishga kira olmagan abiturientlar, ularni tuzukroq o‘qita olmayotgan o‘qituvchilar, tabiiy gaz o‘g‘rilari va qo‘shnining parnigida ekilgan nasha… Salom qadrli ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...