Asosiy mavzular
12 april 2024

Vetnamning Ortiqxo‘jaevi o‘limga hukm qilindi

Rasmdagi xotinni otib o‘ldirish uchun olib ketishmoqda. U Vetnamlik tadbirkor. Vetnamning Ortiqxo‘jaevi.

Vetnam sudi tadbirkor Chыong Mi Lanni o‘limga hukm qildi.

U tadbirkorlik bahonasida har xil sxemalar ërdamida 12 milliard davlat pulini o‘margan.

67-yashar Chыong Mi Lan — Vetnamning mashhur biznesmeni. Plastik deraza romdan tortib dazmolgacha ishlab chiqarib kelgan.

Bu xotin o‘z faoliyatini bozorda kosmetika sotishdan boshlagan. 1989 yili kommunistik Vetnam rahbariyati bozor ekonomikasiga o‘tishni e'lon qilganida bu xotin «Lyubaya biznes xorosha» deya ( Ortiqxo‘jaevdan ancha oldin) o‘rtaga chiqdi. Vetnam poytxtidagi yer uchastka va uylarni arzon garovga sotib oldi.

2012 yili Chыong Mi Lan Saygon tijorat bankini qo‘lga kiritdi.

Vetnam qonunchiligi bir kishining qo‘lida bankning 5 fozidan ko‘p aktsiyasi bo‘lishini taqiqlaydi. Ammo bu xotin yuzlab podstavnoy kompaniya va o‘lik jonlar ërdamida Saygon bankining 90 foiz ulushiga ega bo‘ldi.

Chыong Mi Lan bankdagi pullarni obnalichka qilib mamlakatdan obchiqib ketgan.

Masalan, 2019 yili bu xotinning sho‘pri bu xotin amri bilan bonkadan to‘rt milliard dollarni olib podvolga tiqib qo‘ygan

Chыong Mi Lan ommaviy ravishda barcha rahbarlarga muntazam pora berib kelgan.

Bitta intevyusida bu xotin «pora berish bu xuddi g‘isht otganga o‘xshaydi. Sen qo‘lingdagi g‘ishtni otasan¸ keyin yana qo‘lingga g‘isht tushadi. Bersang – olasan,» degandi. Qizig‘i shundaki, Ortiqxo‘jaaev ham shunga o‘xshash gapni aytgan.

Bu xotin, masalan, Markaziy bank glavnыy inspektoriga besh million dollar pora bergan.

Klinika¸ universtitet¸ kir poroshok zavodidan tortib kir moshingacha… Bu opa chirmovuqdan butun Vetnamni qoplab olgandi.

Chыong Mi Lan ustidan sud jaraëni katta bo‘ldi.

2700 kishi so‘roq qilindi. Jaraënda 10 prokuror va 200 advokat qatnashdi.

Sud materiallari 104 qutiga jo bo‘lib, umumiy og‘irligi olti tonna bo‘ldi.

Opa kechirim so‘rab, tuzalish yo‘liga kirganini aytdi.

Sud inobatga olmay otib tashash haqida qaror qabul qildi.

Vetnamda 2016 yildan boshlab antikorruptsion kampaniya davom etmoqda.

Bu «Ëqib tashovchi o‘choq» degan tadbir doirasida yuzlab korruptsioner mulozimlar qo‘lga olingan.

🚀Telegram (http://t.me/eltuz2022) |🔵Facebook (https://www.facebook.com/eltuzcom) |
🐦Twitter (https://twitter.com/ElTuz7) |📷Instagram (https://instagram.com/eltuz2015) | ▶️YouTube (https://youtube.com/@eltuz)

Tag‘in o‘qing
28 december 2019
Kelayotgan yilning fevral oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiyaga kutilayotgan tashrifi chog‘ida mamlakat uchun hayotiy masalalar muhokama qilinadi.  Bu ...
26 july 2022
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish uchun ko‘plab xorijiy va xalqaro banklar, jumladan, YeTTB va Jahon bankidan millionlab dollar sarmoya olgan ...
6 july 2016
30 yashar O‘zbekiston vatandoshi Munisa Oyxo‘jaeva Turkiyaga kelguniga qadar 128 kilo tosh bosgan edi. Semizlikni hastalik deb bilgan Munisa ...
30 march 2019
Prezident Mirziyoev 27 mart kuni imzolagan qarorga ko‘ra, “O‘zbekenergo” aktsiyadorlik jamiyati “Issiqlik elektr stantsiyalari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...