Asosiy mavzular
13 april 2024

O‘zi yo‘q avtoyo‘llar uchun qancha pul to‘laymiz?

O‘zbekistonning barcha avtoyo‘llari 42,869 kilometrni tashkil qiladi. Povorotlar ikki xil – o‘ngga va chapga. Shu yo‘lning har bir kilometrini qurish, ta'mirlash, yamash uchun 950 ming dollar sarflanadi.

Bu uydirma emas, Eltuz fitna qilyapti deb sochingni yulishma. Bu ma'lumotni bizdan tashqari Kun.uz ham tasdiqlagan. O‘zbekistonda har bir kilometr yo‘l 950 ming dollar turadi.

Yo‘lsozlik – bexijolat talon-toroj qilinadigan soha. Masalan, qog‘ozda 4 metr kenglikdagi yo‘l, amalda 3 metr 90 santimetrga aylanadi, balandligi 40 sm deb yoziladi, lekin 35 sm qilib quriladi. Qarabsizki, millardlab so‘m o‘zlashtirilyapti. O‘g‘irilikning usullari yana ko‘p, shag‘aldan urib qolish mumkin, mustahkamlovchi to‘r o‘rnatilmasa ham ancha pul yonga qoladi. Bir yomg‘irdan keyin yo‘l cho‘ksa, o‘yilib ketsa aybdor og‘ir yuk tashiydigan moshinlar.

O‘zbekiston qashshoqlari, ya'ni fuqarolari har bir litr gaz yoki benzinidan yo‘l solig‘i to‘laydi. To‘lagandan keyin talab qilishga haqqi bor. To‘rtta bloger yurak yutib Avtoyo‘l qo‘mitasi matbuot kotibiga savol bergandi, noiloj qogan kotib ko‘zlarini pirpiratib javobdan qochdi.

O‘zbekistondagi 42 ming kilometr yo‘lni davlatning «Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi» monopoliya qilib egallab olgan. Yo‘lda danakdek chuqur uchun ham shu qo‘mita mas'ul. Bu qo‘mitani tuzishdan maqsad yo‘llarni sozlash bo‘lmagan. Qo‘mita – byudjetdan pul o‘marish uchun qulay fortochka.

Agar maqsad yo‘lsozlik bo‘lsa xususiy shirkatlar ochilib, ochiq tanlov asosida o‘sha shirkatlar yo‘l ta'mirlasin. Hokimiyatlar o‘z saytida yo‘lga sarflangan pul hisobini chiqarib, qilingan ishlarni ko‘rsatishi shart. Open byudjet degan taviya shouga zarurat qolmasin.

Bir tarafda to‘rt-beshta boy xalq pulini o‘marib semiryapti. Azim O‘zbekiston esa qashshoqman, nochorman deb dunyo davlatlariga qo‘l cho‘zgancha qarz so‘rab yuribdi.

Tag‘in o‘qing
8 september 2018
«O‘zbekkontsert» qoshidagi badiiy kengash 5 sentyabr kuni bir qancha o‘zbek artistlari kliplarini mahalliy TV kanallarida ko‘rsatishni taqiqladi. Ular ichida ...
21 may 2018
Andijon shahrining so‘kong‘ich hokimi Dilmurod Rahmatullaevning tilini tushovlashning umuman imkoni bo‘lmayapti. O‘tgan yili shunday fe'li sababli u sud qarori ...
22 march 2016
O‘zbekistonda 2015 yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida to‘plangan ma'lumotlar hukumat majburiy mehnatdan tizimli ravishda foydalanishga chek qo‘yish uchun zarur islohotlar ...
17 february 2016
Bundan ilgari Kaniza (Ahmedova Shahrizoda Farhodovna) o‘zining Porsche Cayenne mashinasining oynasi sindirilgani, qimmatbaho 12000 dollarlik Vertu mobil telefoni o‘g‘irlanganidan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...