Asosiy mavzular
20 april 2024

Umida Niyozovaga huruj qilgan sharafsizning tanobi tortilsin!

Farg‘ona viloyatidagi va umuman vodiydagi barcha professional jurnalist va ziëlilarga ikki og‘iz gapim bor.

Vodiy azaldan mehmondo‘stligi bilan tanilgan.

Chetdan kelgan odamning ëqasidan olib «obonchilik» qilish, «shantaj» va kimlargadir ëllanib kelgan mehmonni atay obro‘sizlantirish harakatlari va pogrom vodiylikka yarashiq ish emas.

Farg‘ona viloyatida o‘ziga bloger deb nom qo‘yib olgan g‘irt savodsiz va tuban bir yaratiq Shuxrat Esonov Germaniyadan Farg‘onadagi jurnalist Sharifa Madrahimovaning uyiga atay mehmon bo‘lib kelgan Umida Niëzovani haqorat va sazoyi qilgani fakti juda uyat ish bo‘ldi.

Huquqni himoya qiluvchi organlar bu «pogrom»ga huquqiy baho beradi.

Lekin ma'naviy jihatdan Farg‘ona jurnalistlari va xalqini uyatga qo‘ygan bu sharafsizga nasihat qilish va haddini bildirish viloyat ziëlilari zimmasidagi vazifa deb bilaman.

Umida Niëzovaga qilingan pogrom yuzasidan Germaniya Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston agrar sohasiga investitsiya kiritishga oid xalqaro tashkilotlar tashvish bildirdi.

Bu sharafsiz «bloger» O‘zbekiston prezdidentining paxta majburiy mehnatiga barham berish bo‘yicha qilgan ishlarini shubha ostiga qo‘yib xalqaro darajada mamlakat imidjini ëmonlashishiga «hissa» qo‘shdi.

Bunga stop deyish joiz. Buloq boshidagi itning o‘ligi kabi barcha ichadigan suvni bulg‘amasin.

Qadim va mehmondo‘st Farg‘ona ziëlilarining bu vaziyatdan jiddiy xulosa chiqarishiga ishonaman.

Eltuz Bosh muharriri Qudrat Bobojon

Tag‘in o‘qing
12 november 2018
Toshkentda 11 noyabr kuni Rauf Parfiga bag‘ishlangan tag‘in qarshilikka uchragan tadbirga kelgan bir guruh ziyolilar davrasida o‘zbek muxolifati lideri, ...
10 october 2022
Samarqand shahrida yashovchi Safarov Aminjonni bolg‘a va tesha bilan urib o‘ldirib murdasini uning Spark avtomobiliga qo‘shib yoqib yuborgan jomboylik ...
12 march 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
21 november 2025
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh tomonidan taklif qilingan tinchlik kelishuvini qabul qilmasligini ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington o‘z ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...