Asosiy mavzular
6 june 2024

Oqdaryo, Amudaryo, Sirdaryo, Chelak va isrof bo‘layotgan suv

Eltuz portaliga navbatdagi 5 ta maktub O‘zbekistonning Sirdaryo, Samarqand, Namangan va Qoraqalpog‘istondagi vatandoshlarimizdan kelgan. Tagi kovlanayotgan ko‘pqavatli bino qulab tushmaydimi? Dastlabki murojaat Qoraqalpog‘istonning Mang‘it shahridan.

«Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani Mang‘it shahri Gulzor mahallasi, Saxovat ko‘chasidagi ko‘p qavatli binonig tagi kovlanmoqda. Bu holat shaharsozlik talabiga zid emasmi? Kovlash oqibatida ko‘p qavatli bino qulab tushmaydimi?» deya tashvishlanmoqda voqeani tasvirga olgan mang‘itlik Eltuz obunachisi.

Namanganning go‘zal mahallasida  bir oydan beri suv oqib isrof bo‘lmoqda.

«Assalomu alaykum Eltuz jamoasi, biz Namangan viloyati Yangi Namangan tumanidan murojaat yo‘llayapmiz.

Tumanning Go‘zal mahallasi medshkola ko‘chasida mana 1 oydan beri yangi qilingan asfaltni suv yuvib yotibdi. Shu ko‘chada joylashgan malaka oshirish binosi ichidan suv chiqib asfaltlarda oqib yotibdi. Ko‘chada ariq yo‘q, hamma suv o‘tgan yili qilingan asfaltning ustidan oqib yotibdi.

Bir tarafda dunyo bo‘ylab suv tanqislik qilayotgan bir vaqtda Yangi Namangan tumanida suv asfalt bo‘ylab oqib yotibdi. Ikkinchi tarafdan asfalt qilish uchun open byudjetdan yutaman deb xalq qanchalik qiynalayotgan vaqtda tegishli tashkilotlarning e'tiborsizligi natijasida ham suv isrof bo‘lyapti, ham qiynalib qilingan asfaltlar ko‘chib yotibdi.

Iltimos shu materialni yoritib bering, zora muzdek konditsioner yoqilgan xonada kreslosida o‘tirgan amaldorlar ko‘tini ko‘tarib, kamchilikni bartaraf etsa. Bahonada ularning yuzi ham quyoshni ko‘rardi.» deya yozadi yangi Namanganning go‘zal mahallasi turg‘uni.

Keyingi murojaat Samarqandning Chelak shahridagi yoshlar bog‘idagi holat yuzasidan. Fotosuratlarda butun istirohat bog‘i bo‘ylab yoyilgan axlat va plastik chiqindilar aks etgan.

“Samarqand viloyati Payariq tumani Chelak shahridagi yoshlar bog‘ining ahvoli. Tozalikka mas'ul tashkilotlar holatni qanday izohlaydi?

Hamshaharlarimiz ham madaniyatli, ozodalikka e'tiborli bo‘lishi kerak…” deya yozadi holatni suratga olgan Payariq turg‘uni.

Keyingi murojaat ham Samarqanddan. Oqdaryolik fermer xo‘jaligi egasi, fermerlarga raxbar kelib ko‘rishi uchun barcha  texnikani yo‘l chekkasiga chiqarib qo‘yish topshirig‘ini berayotgan ishchi guruh vakili ustidan nolimoqda.

 “Viloyatimizga ishchi guruh kelgan ekan. Tuman hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari barcha fermerlar va texnikani ishchi guruh rahbari kelishiga M-37 yo‘liga olib chiqishni buyurdi. Yerimizni olib qo‘yish bilan po‘pisa qildi. Fermerlarga shunday topshiriq berish to‘g‘rimi?” deya yozadi Oqdaryolik fermer xo‘jaligi egasi.

Biroq na rasmiy Toshkent, na uchastka noziri ko‘zyoshlarga ishonmaydi, so‘nggi shikoyat uchastka noziri yordamida uyidan quvib chiqarilgan ikki farzandli nogiron oila boshlig‘idan. U ikkinchi guruh nogironi, xotini birinchi guruh nogironi, ikki egizak farzandi  ham nogiron tug‘ilganini aytmoqda.

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
1 november 2015
Shuhrat Bobojon Eltuz.com Sichqon kabi mitti jonivor ulkan filni o‘ldirishi mumkin, degan gapni birinchi sinf o‘qituvchim Zevarjon opa ilk ...
21 december 2018
O‘zbek madaniyati, san'ati va adabiyotining tanazzulini boshdan kechiryapmiz. Keng tafakkurli, iste'dodli ijodkorlar yo vatanni tark etishdi, yo qamoqqa olindi, ...
8 december 2015
Rossiyaning Krasnodar shahrida baland qavatli uy qurilishida ishlayotgan 30 yashar o‘zbek yigit 18 qavatdan yiqilib o‘ldi. Eltuz.com
15 march 2021
Rassom Kirpi
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...