Asosiy mavzular
1 february 2025

Farg‘onalik fermerlar yangi texnologiyani ishlatishga majburlanmoqda

Farg‘ona viloyatida fermerlar suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun hokimiyat tomonidan majburlanmoqda. Biroq, bu jarayon qonunbuzarlik va manfaatlar to‘qnashuvi bilan amalga oshirilmoqda. 

Fermerlar faqat viloyat hokimi, Xayrullo Bozorovga tegishli bo‘lgan “Tomchi Dunyosi” MChJ bilan shartnoma tuzishga majburlanmoqda. Viloyat hokimi barcha tuman hokimlariga va prokuraturaga topshiriq berib, fermerlarni majburan olib kelish orqali mana shu kompaniya bilan shartnoma imzolattirmoqda. 

Hozirgacha 3000 gektar maydon uchun shartnomalar tuzilgan, bu taxminan 75 milliard so‘mlik mablag‘ni tashkil etadi.

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, fermerlar tomchi suv tizimini joriy etish uchun reestrdagi 160 dan ortiq qurilish korxonalaridan o‘zlari xohlaganini tanlash huquqiga ega. Biroq bu qaror qo‘pol ravishda poymol etilmoqda. 

Hokimiyat boshqa kompaniyalarni shartnomalardan chetlashtirib, “Tomchi Dunyosi”ga mutlaq monopoliya yaratib berdi. Boshqa qurilish kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilinmoqda.

Fermerlardan birortasi ham qurilish ishlarini bajaradigan kompaniya vakillarini ko‘rmagan bo‘lsa-da, ular shartnomalar tuzib berishga majbur qilinyapti. Holbuki, shartnoma imzolashdan avval fermer qurilish kompaniyasi bilan ish sharoitlarini muhokama qilishi va yer maydoniga olib borib ishlar sifatini baholashi shart.

Bu hodisalarga nisbatan fermerlar qattiq xavotirga tushmoqda. Yangi shartnomalar fermerlarning bo‘yniga yanada katta kredit yukini yuklamoqda. Ularning aytishicha, 2024 yil paxta mavsumida fermerlarning 80% moliyaviy zarar ko‘rgan. Soliq va ijro bojlari bo‘yicha qarzdorlik haddan tashqari oshgan bir paytda, ularni endi majburan suv tejovchi tizimlar uchun ham kreditga botirmoqdalar.

Mazkur kompaniyaning jinoiy harakatlari bir necha yil oldin ham kuzatilgan. 2022 yilda “Tomchi Dunyosi” Farg‘ona viloyatining bir nechta tumanida fermerlar bilan shartnoma imzolab, pullarni olib, qurilish ishlarini to‘liq yakunlamasdan aldagan edi. 

Bugun esa bu kompaniya Farg‘onadagi «Neftchi» futbol klubiga homiylik qilib, ikkita futbolchi sotib olib bergan. Lekin buning natijasida butun viloyat fermerlari jabr ko‘rmoqda.

Fermerlar adolatsizlikdan norozi: “Prezident qarori viloyatlarda bir tiyinga aylanib qolyapti. Doimgidek kaltak fermerlarning boshida sinyapti. Bizga nisbatan majburiy qarorlar to‘xtamaydiganga o‘xshaydi.”

Fermerlar savol berishmoqda: “Qachongacha biz majburlanamiz? Qachon o‘z holida ishlash imkoniyati tug‘iladi?” Afsuski, hozircha bu savollarga hech kim javob bermayapti.

Tag‘in o‘qing
8 may 2019
Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaev shahar hududidagi avtobekatlarda savdo qiluvchi tadbirkorlarni bekatlarda kitob savdosini yo‘lga qo‘yish va kitob targ‘iboti ...
25 september 2025
Dunyoda ikki narsani yoqtirmayman, biri tsenzura, ikkinchisi anonim mualliflarning g‘arazli maqolasini chop etish. Jurnalist bu ikki xolatga rozi bo‘lish ...
4 december 2017
O‘zbek qamoqxonasida 21 yil ëtgan dissident, qashqadaryolik Murod Jo‘raev 65 yoshida 4 dekabr kuni vafot etdi. «Erk» demokratik partiyasi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...