Asosiy mavzular
18 february 2025

«Askiya Siti»dagi qurilish maydonida bir shaxs halok bo‘ldi

18 fevral kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi “Askiya Siti”dagi nolegal qurilish maydonida yana bir fojia sodir bo‘ldi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, shaxsi noma'lum erkak taxminan 35-40 yoshlarda bo‘lib, na qurilish xodimi, na mahalliy aholi vakili ekani aniqlangan.

Hodisa taxminan soat 15:00 atrofida sodir bo‘lgan. Halok bo‘lgan fuqaro kotlovanga tushib ketgani va o‘sha yerda halok bo‘lgani aytilmoqda.

Hodisa joyiga tez yordam brigadasi yetib kelgan, ammo ular uning hayotini saqlab qola olishmagan. Shuningdek, ichki ishlar va prokuratura xodimlari ham voqea joyida ish olib bormoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur kotlovan noqonuniy ekani va sud tomonidan uni ko‘mish haqida qaror chiqarilgani ta'kidlangan.

Shunga qaramay, qurilish bilan bog‘liq shaxslar kotlovanni yopmagan va aksincha, yer uchastkalari hujjatlari bor deb, odamlarga sotishda davom etgan.

“Askiya Siti”dagi noqonuniy qurilish 2018 yildan beri bahsli holatda qolmoqda. Muammoli hududda qurilish ishlari davom etgani va bu kabi firibgarlik sxemalari orqali fuqarolardan pul olib kelinayotgani aytiladi.

Hech bir davlat idorasining bu holatga ta'sir o‘tkaza olmayotgani, odamlar uysiz qoladimi yoki hayotdan ko‘z yumadimi, bunday guruhlarga farqi yo‘qligi haqida mahalliy manbalar gapirmoqda.

Hozircha hodisa yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.

Tag‘in o‘qing
3 december 2018
O‘zbekistonda internet tezligi 1 dekabrdan boshlab o‘n barobar oshilishi haqida va'da berilgan edi. 30 noyabr kuni «O‘zbektelekom» AK xalqaro ...
27 december 2019
Holva-holva degan bilan og‘iz shirin bo‘lmaydi. Xuddi saylov-saylov degani bilan O‘zbekistondagi vaziyat demokratik bo‘lmagani kabi. Saylov kunlari ko‘p ajnabiy so‘zlar ...
27 november 2019
– Gazetada ishlaganmisiz? Qaysi gazetada va kim bo‘lib ishlagansiz? – “Erk” deb nomlangan gazetada jurnalistlik qilganman. Xabaringiz bormi, eshitganmisiz ...
28 january 2016
Oddiy baliqchi arman qanday qilib IShIDchiga aylangani haqidagi uydirma sud majlisi saëz ëzilgan stsenariyni eslatadi. Rassom Elsevar Eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...