Asosiy mavzular
23 february 2025

O‘zbek bayrog‘ini teshgan ikki o‘q

«Biz haqda» tekinga maqola ëzildi

Odatda dunë yetakchi matbuoti O‘zbekiston haqida ëzar ekan maqola tagida maxsus belgini ko‘ramiz. Bu piar maqsadda puli to‘langan maqola ekanligini bildiradi. Bu gazetalarni prezident stoliga qo‘ygan mulozimlar «mana biz haqda ëzishibdi» deyishadi, ammo davlat rahbari buning «pul evaziga» chop qilingan «maxsus ijobiy piar» maqola ekanini bilavermaydi. Dunë matbuotida tekin maqola chiqishi uchun arximuxim sabab kerak. 2005 yil Andijon qirg‘ini shunday sabab bo‘lgan endi. Mana fevral oxirida dunë matbuoti Yangi O‘zbekiston haqida tekin maqola ëzadigan kunni ham ko‘rdik. 

Dunë siësati va sarmoya dunësidagi eng yirik gazeta Financial Times Toshkenta Allamjonov mashinasi o‘qqa tutilgani bilan bog‘liq siësiy tahlilni chop qildi. Maqolaga ilova qilingan suratda  prezident qizi Saida rasmi ham bor. Taxlilchilar prezident bola baqrasining siësiy kurash yo‘liga kirib bir biri bilan «urush urush» o‘ynaganini o‘lgan prezident Karimov va  uning qizi Gulnora qamalishiga olib kelgan intrigalar bilan parallel qiladi. Maqola tashqi olam uchun ëzilgan va asosan biz bilgan gaplar. Bu yerda FT o‘sha kunning o‘zidaëq Komil bilan bog‘lanib otishma manzarasi haqida bilgani qiziq.

Financial Times  britaniyada chop qilinib yer yuzida tarqaladigan va  maxsus yupqa sarg‘ish qog‘ozga bosiladigan kunlik gazeta.  Har kuni yer yuzidagi 34 shaxarda bosilib tarqatiladi. Eng qimmat uchoqlar bortidagi biznes klass yo‘lchilar stoliga ham qo‘yiladi.

Tag‘in o‘qing
29 october 2018
So‘nggi olingan xabarga ko‘ra, «Amerika ovozi» radiosining Istanbulda hibsga olingan, Malik Mansur taxallusi ostida ishlaydigan 49 yoshli muxbiri Abdumalik ...
5 august 2019
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev so‘nggi vaqtlarda xalqning cheksiz g‘azabiga duchor bo‘layotgan buz-buzlarda o‘zining aybi yo‘qligini bildirdi.  Davlat rahbari uy-joylar ...
15 december 2025
Urganchdagi TV ALS shahar markaziidagi «Matbuot uyi»da joylashgandi. Bir kuni ishga kelsam, binoni minglab odam o‘rab olgan. Odamlarning qo‘llarida ...
18 april 2017
Oxirgi yillarda aksariyat o‘zbekistonlik yurtdoshlarimiz orasida Putin, Ramzan Qodirov va Erdo‘g‘on kabi avtoritar liderlarga hayrixohlik ortib borayotgani kishining diqqatini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...