Asosiy mavzular
25 february 2025

Kattaqo‘rg‘onlik fermer talon-torojdan shikoyat qilmoqda, prokuratura esa jim

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaligi vakillari o‘z mulki talon-toroj qilingani, ammo huquq-tartibot idoralari bu ishga ko‘z yumayotganidan shikoyat qilmoqda.

Eltuz tahririyatiga murojaat qilgan «G‘aniev Abdimanon Abdurasulovich» fermer xo‘jaligi vakillarining aytishicha, 375 mln so‘mlik texnika vositalari yo‘q qilingan, 450 mln so‘mlik tomchilab sug‘orish tizimi esa buzib tashlangan.

Fermerlar 2024 yil dekabridan beri prokuraturaga murojaat qilib kelayotganini, ammo «jinoyat yashirilayotgani»ni iddao qilmoqda.

Ularga ko‘ra, jinoyat aniq bo‘lishiga qaramay, prokurorlik hujjatlarni orqa sana bilan tuman IIBga yuborib, ishni surinkali tarzda ko‘rib chiqmoqda.

15 yanvar kuni viloyat IIB rahbari sayyor qabulida ham fermerlar ariza topshirgan, ammo ularning aytishicha, ariza jimgina yopilgan.

Fermerlar viloyat prokurori bu ishni shaxsan nazoratga olishi va jinoiy ish ochilishi uchun chora ko‘rishini talab qilmoqda.
Eltuz tahririyati mazkur holat yuzasidan prokuratura va viloyat IIBsiga minbar berishga tayyor.

Tag‘in o‘qing
31 may 2022
O‘zbekistonda Xitoy va Rossiyaning “yumshoq kuch” sohasidagi raqobati  O‘zbekistonda Xitoy va Rossiyaning “yumshoq kuch” vositasidagi raqobati til va ta'lim ...
13 may 2023
Turkiyaning Yalova (Yalova) shahar savdo-tijorat va sanoat palatasi o‘zbek shoiri va siësatchisi Muhammad Solihni «turk dunësini birlashtirish uchun qo‘shgan ...
23 july 2018
Poytaxtning Olmazor tumani sudida 51 yoshli tadbirkor, “Integral Invest” shirkati rahbari Jahongir Umarov ustidan mahkama 23 iyul kuni ham ...
27 march 2019
27 mart kuni o‘zbekistonlik aralash janglar ustasi Murod Xonto‘raev uchinchi bor pichoqlandi. Sportchining jarohati jiddiy emasligi bildirildi. Xonto‘raev dastlab ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...