Asosiy mavzular
1 march 2025

Yumurto xonadagi tortishma haqida 

Zelenskiy va Trampning yumurto xonadagi tortishuvlari haqida tarmoqning o‘zbek segmentida ëzilgan bitiklarga ko‘zim tushdi. Bu ëzuvlarda Zelenskiy «odob doirasidan chiqdi», «yaxshilab egilmadi», » Maysadan past, suvdan tinch bo‘la olmadi», «tilëg‘malik qilib patinka o‘pganida amerika poshshosi balki boshini silardi» degan gaplarni o‘qidim. Buning ëniga dono o‘zbeklar  «Lo‘lining eshagini sug‘or pulini ol», «Otangni o‘ldirganga onangni ber», «Egilgan boshni qilich kesmas», «Zo‘rni ko‘rganda ko‘tni qisish kerak», «Kunim uchun kundoshimning bolasiga alla aytaman» degan ashincha ujas maqollarniyam qalashtirib tashlashdi. 

Bu kallavaram, otasi ham, bobosi ham, bobosining bobosi ham qul bo‘lgan umurtqasi siniqlar falsafasi. 

Tramp bilan Zelenskiy va anavi vitse urod o‘rtasidagi suhbatni diqqat bilan ko‘rib chiqdim. 

Suhbatning ilk chorak qismida Zelenskiy eng sara diplomatlar kabi tavozee, hurmat va yumurto xonaga xos takalluf bilan gapirdi. Tramp g‘irt ëlg‘on bitta raqamni osmondan olib «AQSh sen uchun 350 milliard xarjladi» deganida ham hurmatini qilib jim turdi. 

Zelenskiy bir davlat boshlig‘i o‘laroq bir savol so‘radi. «Amerika o‘rtakashligi ortidan bosqinchi Putin urushni to‘xtatishi va Ukraina xavfsiz bo‘lishiga garantiya bormi?»

Normal savol.

Yumurto uydagi sariq tujjor esa «garantiya yo‘q» dedi.

Demak, Ukraina osmondan olingan 350 milliard evaziga yer osti boyliklarini berishi va buning evaziga teshikkulchaning teshigini olishi kerakmi?

Ukraina AQSh timsolida o‘z ittifoqchisini  28 fevral kuni emas, balki 20 yanvar kuni anavi sariq tujjor AQSh prezidenti qilib saylangan kuni yo‘qotdi.

Bu yo‘qotish fonida Yevropa Ittifoqi Ukraina mustaqilligi dav'osida jipslashaëtgani ham ko‘rindi.

O‘yindan kimdir chiqar ekan, albatta kimdir kiradi.

28 fevral kuni bosqinchi Putin taviyalari Ukrainadagi kasalxonani bo‘mbaladi. O‘nlab odamlar o‘ldi. Bu odamlar qonidda Trampning ham xissasi bor.

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
4 june 2019
Gulnora Karimovaning Yevropada muzlatilgan aktivlari O‘zbekistonga hozir qaytariladigan bo‘lsa, ulardan belgilangan tartibda foydalanilmasligi yoki hukmron doiralar vakillari yoxud ularning ...
12 january 2026
Qadimiy Xorazm xududidagi Go‘ktepa qamali va 1881 yil 12 yanvardagi qonli to‘qnashuv Markaziy Osiyo tarixidagi eng fojiali va shu ...
17 january 2024
Umri kresloda mudrab o‘tadigan falaj o‘zbek parlamenti ilkis «tirilib» ekologiya vaziriga qarab prezident aytmoqchi «vovullabdi». Kesakdan uchqun chiqishiga ishonsam ...
9 october 2020
3 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani Namozgoh mahallasida istiqomat qiluvchi 41 yoshli eri Ikrom Qayumovdan kaltak yegan 32 yoshli Nigora ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...