Asosiy mavzular
13 march 2025

“Paxta ko‘p, lekin uni teradigan odam yo‘q.”

Germaniyadagi inson huquqlari bo‘yicha “O‘zbekiston forumi” ( Uzbek Forum for Human Rights) mamlakat paxta sektorida banda bo‘lgan fermerlar faoliyatiga hukumat aralashuvi va fermerlarga vaqtida pul to‘lanmasligi oqibatida terimchilar yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolar haqida  xisobot e'lon qildi.

Hisobotda 2024 yilgi paxta terimi jarayonida hukumatning asossiz aralashuvi kuzatilgani, fermerlarga o‘z xarajatlarini boshqarishda ko‘proq mustaqillik berish va paxta narxlarini klasterlar bilan o‘zaro kelishish, shuningdek, terimchilar uchun haq belgilash imkonini yaratishga qaratilgan ijobiy qonunchilik buzilganiga diqqat qaratiladi.

Terimchilarning keskin tanqisligi va yetarlicha paxta terish mashinalarining mavjud emasligi sababli noyabr oyiga kelib juda ko‘plab paxta dalalarida hosil terilmay qolib ketgani ham hisobotdan o‘rin olgan.

Hisobot paxta yetishtirishdagi yetti muamoni urg‘uladi

Hukumat tomonidan sentyabr oyida paxta narxini pasaytirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng, fermerlar qo‘l terimi uchun raqobatbardosh narxlarni taklif qila olmagani ortidan yetarli miqdorda terimchilarni jalb qilishga qiynalib, rejalashtirilgan hosilni yig‘ib olishda jiddiy muammoga duch keldi.

Prezident ma'muriyati tomonidan tumanlar kesimida belgilangan hosil rejalari bajarilishini ta'minlashga mas'ul mahalliy amaldorlarga bosim mahalla idoralaridan tortib davlat tashkilotlariga ham uzatilib, terimchilarni safarbar qilish choralari ko‘rildi.

Terim mavsumining dastlabki bosqichlarida hosilni topshirish rejasidan ortda qolayotgan tumanlarda davlat xizmatchilari majburiy mehnatga jalb qilingani hujjatlashtirilib, bu jarayon prezident ma'muriyati tomonidan nazorat qilinadi va fermerlardan kuniga prognoz qilingan paxta hosilining 4%ini topshirish talab qilinadi.

Hukumat 2020 yilda paxta yetishtirish bo‘yicha davlat rejasini bekor qilgan bo‘lsa-da, ushbu ishlab chiqarish maqsadlari amalda de-fakto reja vazifasini o‘taydi va majburiy ekin joylashtirish tizimi asosida hisoblangan prognoz hosilga asoslanadi.

Davlat yo‘l qo‘ygan majburiy mehnatga jalb qilish holatlari ommaga oshkor bo‘lganidan so‘ng hukumat ularni bartaraf etish uchun choralar ko‘rdi va mavsumning keyingi bosqichlarida bunday holatlar kamaygani kuzatildi. Biroq, 2024 yilgi paxta hosilini monitoring qilish natijalari yana bir bor paxta yetishtirish ustidan saqlanib qolgan ma'muriy nazoratning mavjud xavflarini oshkor etdi.

Hukumat davlat boshchiligidagi majburiy mehnatni keng miqyosda qo‘llashning oldini olish borasida sezilarli progressga erishgan bo‘lsa-da, ammo qolgan xavflarni to‘liq bartaraf qilish maqsadida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi doirasida qabul qilingan islohotlarni izchil amalga oshirishi lozim.

7Ushbu islohotlarning barqarorligini ta'minlash uchun hukumat uyushmalar erkinligi va fuqarolik jamiyati uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha va'dalarini bajarishi, shuningdek, mustaqil monitoring va hisobot berish jarayonlariga to‘sqinlik qilmasligi lozim.

Germaniyadagi inson huquqlari bo‘yicha “O‘zbekiston forumi” hisobotidagi o‘nta asosiy xulosa

Terimchilarning keskin yetishmovchiligi fermerlarning raqobatbardosh ish haqi to‘lash imkoniyatiga ega emasligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu holat ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi, hukumatning aralashuvi va paxta klasterlarining fermerlar oldidagi doimiy qarzdorligi sababli yuzaga keldi.

1. Hukumat tomonidan amalga oshirilgan ikki keng va keskin aralashuv yaqinda qabul qilingan qonunchilikka zid bo‘lib, fermerlarga paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan paxta narxini kelishib olish imkonini chekladi va terimchilar uchun majburiy ravishda ish haqini oshirish talabini joriy qildi.

2. O‘zaro zid siyosatlar, hukumatning aralashuvi va amalda paxta yetishtirish rejalarining saqlanib qolishi jazo tahdidini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lib, bu esa majburiy mehnat va fermerlarning ekspluatatsiya qilinishi uchun yuqori xavfli muhit yaratdi.

3. Qishloq aholisi daromad topish imkoniyatlari yuqori bo‘lgan boshqa mavsumiy ishlarga yo‘naldi.

4. 2024 yilgi hosil terimi sekin kechgani va belgilangan hosil rejasini bajarishga qiynalgani ortidan amaldorlar yanada ko‘proq terimchilarni jalb qilish topshirig‘i bilan nihoyatda katta bosim ostida qoldi.

5. Terimchilar va texnika tanqisligi sababli dalalarda katta miqdorda paxta yig‘ilmay qolib ketdi.

6. 2024 yil kuzida rejalashtirilgan 3,6 million tonna o‘rniga taxminan 3,1 million tonna paxta yig‘ib olindi. 

7. Monitorlar kuzatuviga ko‘ra, 2024 yilgi hosil terimida keng ko‘lamli va tizimli ravishda hukumat tomonidan majburiy mehnat qo‘llanilgani aniqlanmadi.

8. Monitoring jarayonida bir necha tumanlarda davlat korxonalari xodimlarini dalalarga majburan chiqarish yoki o‘rniga terimchi yollash uchun pul to‘lashga majburlash holatlari hujjatlashtirildi.

9. Monitoring qilingan tumanlarda bolalar mehnati holatlari aniqlanmadi.

10. Oktyabr oyi o‘rtalarida davlat xizmatchilari va mahalla aholisini majburiy mehnatga jalb qilish haqidagi ommaviy axborot vositalari xabarlariga Senat va Ta'lim vazirligi tomonidan munosabat bildirdi va mavsum oxiriga kelib majburiy mehnatga oid xabarlar soni kamaygani kuzatildi. 

2024 yildagi asosiy o‘zgarishlar xronologiyasi

Yanvar-fevral oylarida fermerlar O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi orqali klasterlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fyuchers shartnomalarini tuzib, yetkazib beriladigan paxta hajmi va narxini kelishib oldi.

Sentyabr oyida klasterlar hukumatga murojaat qilib, fyuchers shartnomalarida kelishilgan narx jahon bozorida paxta narxining tushib ketishi sababli ularga foyda olish imkonini bermasligini ma'lum qildi. Ular fermerlarga to‘lanadigan paxta narxini pasaytirish uchun hukumat aralashuvini so‘radi.

13 sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasi qaror chiqarib, paxtani sotib olish narxini bir tomonlama tarzda 6 800 so‘m (taxminan 0,52 AQSh dollari) etib belgiladi va fermerlarga har bir kilogramm uchun 1 000 so‘m (taxminan 0,08 AQSh dollari) subsidiya taklif qildi.  Bu qaror fermerlarning klasterlar bilan fyuchers shartnomalarida kelishilgan narxni sezilarli darajada pasaytirib yubordi va ularning terimchilarga raqobatbardosh haq to‘lash imkoniyatiga jiddiy ta'sir qildi.

9 oktyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi terimchilar tanqisligini bartaraf etish maqsadida fermerlar paxta terimchilariga to‘lov miqdorini kilogrammiga 2 500 so‘m (taxminan 0,19 AQSh dollari)ga oshirishlarini e'lon qildi.

Mavjud xavf-xatarlar va majburiy mehnatning asosiy sabablari

2024 yilgi paxta terimida majburiy mehnatga jalb qilishning ayrim holatlari quyidagi omillar bilan bog‘liq:

Fermerlar ixtiyoriy ravishda paxta terishni rag‘batlantirish uchun yetarli darajada yuqori haq to‘lay olmadi;

Hukumat hali ham hosilni yig‘ib olish ustidan nazoratni saqlab qolgan holda fermerlarga amalda paxta yetkazib berish rejalarini yuklashda davom etib, bu mahalliy amaldorlarning ushbu rejalarni bajarish uchun mas'uliyatini kuchaytirdi;

Majburiy mehnatdan himoya qiladigan ishonchli shikoyat mexanizmlari hamda kuchli va mustaqil kasaba uyushmalari mavjud emasligi, jumladan, davlat tashkilotlaridagi xodimlarning majburiy mehnatga jalb qilinishiga qarshi himoya vositalari yo‘qligi.

Paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olishga ma'sul hisoblangan viloyat va tuman hokimlari prezident ma'muriyati tomonidan o‘z hududlarida yig‘ilgan paxta hajmi haqida kunlik hisobot taqdim etish bo‘yicha kuchli bosim ostida qoldi. Terimchilar tanqisligi sharoitida ba'zi hokimlar davlat tashkilotlari xodimlarini majburan paxta terimiga jalb qilishga majbur bo‘lgan.

Paxta terimi jarayoni mahalliy amaldorlarni ziddiyatli majburiyatlar o‘rtasida qoldiruvchi tizimga asoslangan: bir tomondan, ularga hosilni tezroq yig‘ib topshirish talabi qo‘yilgan – hatto agar ixtiyoriy terimchilar va texnikalar yetarli bo‘lmasa ham; ikkinchi tomondan, yuqori rahbariyat tomonidan belgilangan hosil rejalarini bajarolmaslik uchun jazo tahdidi mavjud; uchinchi tomondan, davlat tomonidan majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun jinoiy javobgarlik xavfi ham bor. Hukumat tomonidan belgilangan davlat paxta buyurtmasi o‘rnida qo‘llanilayotgan “paxta rejasi” yoki prognozlash orqali paxta yetishtirish ustidan qat'iy nazoratni saqlab qolishga bo‘lgan intilish – mavsum davomida majburiy mehnat xavfini yuqori darajada ushlab turdi.

Oktyabr oyining birinchi yarmida davlat muassasalari xodimlarini majburan paxta terimiga chiqarish yoki ko‘proq ixtiyoriy terimchilarni jalb qilish uchun pul berishga majburlash holatlari haqida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqala boshladi. Shuningdek, mahalla rasmiylari tomonidan bolalar nafaqasi yoki subsidiyaga berilgan gaz ballonlari kabi ijtimoiy yordam turlarini to‘xtatish bilan tahdid qilish holatlari ham kuzatildi. “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forum” tashkiloti taxminan 25 ta turli majburiy mehnat holatini hujjatlashtirdi, ammo har bir holatda jabrlanuvchilar soni bir necha o‘nlab kishini tashkil etgan bo‘lishi mumkin.

“Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forum” nodavlat tashkiloti “Cotton Campaign”ning yetakchi hamkori bo‘lib, 2010 yildan buyon O‘zbekistonda har yili paxta terimi jarayonini mustaqil ravishda monitoring qilib keladi.

“O‘zbek forum” tashkiloti Germaniyada ro‘yxatdan o‘tgan va uning faollari O‘zbekistonda o‘zlari istiqomat qilayotgan hududlarda monitoring ishlarini olib borish va paxta sektorida inson huquqlari buzilishi va majburiy mehnatni hujjatlashtirish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega..

Tag‘in o‘qing
8 february 2016
Elsevar o‘zining yangi hajviy suratini Toshkentning «qizil chiroq»lariga bag‘ishlaydi. Rassom Elsevar Eltuz.com
25 january 2022
Toshkentning barcha hududlarida elektr energiyasi o‘chgani sababli Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishlarida vaqtinchalik metro harakati to‘xtadi. Hozircha mobil aloqa ishlamoqda. ...
12 october 2021
Qoraqalpog‘istonlik jurnalist va huquq himoyachisi Solijon Abdurahmonov narkotik modda tashlab qo‘yilishi ortidan uydirma ayblovlar asosida to‘qqiz yildan ortiq qamoqda ...
8 october 2018
O‘zbekistonda plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatuvchi monopolist – UzCard 5 oktyabr kuni yana bir muddat ishlamay qoldi. So‘nggi vaqtlarda bunday ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...