Qalaychining misi chiqdi
Berlinda sobiq senator korruptsiya uchun shartli jazoga hukm qilindi
Berlin, 2025 yil – Germaniya poytaxtidagi sud Berlindagi sog‘liqni saqlash bo‘yicha sobiq senator Dilek Qalaychini (58 yashar xotin. SPD – Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi a'zosi) pora olishda aybdor deb topdi va uni bir yil olti oy shartli qamoq jazosiga hukm qildi.
Mazkur jinoyat ishi 2019-yildagi voqealarga borib taqaladi. O‘sha yili bir reklama agentligi Qalaychining to‘y marosimini bepul tashkil qilib bergan va bu xizmat uchun hech qachon hisob-kitob so‘ralmagan. Bir tiyin ham pul olmagan. Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, bu xizmatning qiymati 11 200 yevrodan oshgan.
Oradan bir yil o‘tib, Qalaychi boshqargan sog‘liqni saqlash departamenti aynan shu agentlikka 250 000 yevrolik reklama kampaniyasi buyurtmyaasini topshirgan. Sudda aniqlanishicha, Qalaychi bu qarorga shaxsan ta'sir o‘tkazgan. Ushbu harakat korruptsiya deb topildi va davlatga nisbatan ishonchni susaytirgani ta'kidlandi.
Sud Kalaychini aybdor deb topdi va unga 36 000 yevro miqdorida jarima belgiladi. Bu miqdor uning kundalik daromadi – 200 yevro asosida hisoblangan. Bundan tashqari, Kalaychi davlat xizmatidagi faoliyati tufayli oladigan 4 000 yevrolik pensiyasidan mahrum bo‘lishi mumkin.
To‘y marosimini bepul tashkil qilgan reklama agentligi rahbari ham pora berishda aybdor deb topildi va bir yil uch oy shartli jazoga hukm qilindi.
Hozircha Dilek Qalaychi ham, agentlik rahbari ham sud qaroriga qarshi Federal sudga apellyatsiya kiritish huquqiga ega.
