Asosiy mavzular
20 april 2025

A. Ilhomov: YeI va MO davlatlari qo‘shma deklaratsiyasining imzolanishi Turk davlatlari ittifoqiga havf soladimi?

Afsuski, Markaziy Osiyo hukumatlari yoki ommaviy axborot vositalaridan hech biri yaqinda Samarqandda o‘tkazilgan sammitda Yevroittifoq bilan birgalikda imzolangan deklaratsiyaning bir bandi Turkiya bilan munosabatlarimizga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini jamiyatga ma'lum qilmagan. Ulardan hech biri – nega bu band hujjatga kiritilganini tushuntirmagan.

Gap deklaratsiyaning 4-moddasi haqida ketmoqda, va unda quyidagicha deyilgan:

«Xuddi shu kontekstda biz yuqorida zikr etilgan tamoyillarga, xususan barcha davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini barcha xalqaro va mintaqaviy forumlar doirasida hurmat qilish hamda ushbu tamoyillarga zid bo‘lgan har qanday harakatlardan tiyilish majburiyatini oldik. Shu ruhda BMT Xavfsizlik Kengashining 541 (1983) va 550 (1984) rezolyutsiyalariga qat'iy sodiqligimizni yana bir bor tasdiqladik…»

Xo‘sh, BMT Xavfsizlik Kengashining qaysi rezolyutsiyalari nazarda tutilmoqda? Ma'lum bo‘lishicha, gap 1983 va 1984 yillarda qabul qilingan rezolyutsiyalar haqida bormoqda. Ularda 1983 yilda Kiprning shimolidagi turk jamoasi tomonidan mustaqil davlat sifatida e'lon qilingan Turk Respublikasi tan olinmagani va bu qadam qoralangani haqida so‘z boradi. 2000 yildan beri Yevroittifoq a'zosi bo‘lgan Kipr Respublikasi esa bu ittifoqning taraflarini yarashtirishga qaratilgan har qanday urinishlariga qarshilik qilib kelmoqda.

Keling, qisqacha tarixga nazar tashlaylik. 1974 yilda Kiprda harbiy to‘ntarish sodir bo‘ldi va bu to‘ntarishni Gretsiyadagi harbiy xunta (qora polkovniklar) qo‘llab-quvvatladi. Orolda hokimiyatni Kipr milliy gvardiyasi egalladi va Gretsiya bilan birlashish maqsadida grek tomoniga moyil respublikasini e'lon qildi. Bu holatdan xavotir olgan Turkiya orolning shimoliga o‘z qo‘shinlarini kiritdi. 1983 yilda esa Kiprning ushbu hudud o‘zini Turk Respublikasi deb e'lon qildi. Lekin dunyoda hech qaysi davlat, hatto Turkiyani yaqin ittifoqdoshi Ozarbayjon ham bu davlatni tan olmadi.
Shuning uchun Shimoliy Kipr Turkiyaga ko‘p sohalarda bog‘liq bo‘lib qolmoqda — u Turkiya valyutasidan foydalanadi, Turkiyaning telefon kodi, portlari va aeroportlaridan foydalanadi, eksport-import amaliyotlarini Turkiya orqali amalga oshiradi. Shunga qaramay, iqtisodiy jihatdan Shimoliy Kipr ancha farovon — bu yerda bozor iqtisodiyoti ustunlik qiladi. Siyosiy jihatdan ham u xattoki Turkiyaga nisbatan erkinroq. Bu yerda erkin saylovlar o‘tkaziladi. Freedom House ham o‘z reytinglarida Shimoliy Kiprni “erkin” millat sifatida baholagan.

Aslida, turk-kipriyotlar Kipr Respublikasi bilan qayta birlashishga qarshi emas edilar, lekin maxsus referendumda grek-kipriotlar ko‘pchilikda bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamadilar. Shunga qaramasdan, bugungi kunda orolning har ikki qismi fuqarolari erkin ravishda bir-birlarini ziyorat qilishlari mumkin.

Keling, yana deklaratsiyaga qaytaylik. Albatta, BMT Xavfsizlik Kengashining 541 (1983) va 550 (1984) rezolyutsiyalarini Samarqand sammiti deklaratsiyasiga kiritish Yevroittifoq tashabbusi bo‘lgan. Lekin nega ekani tushunarsiz. Chunki Markaziy Osiyo davlatlari avval ham Shimoliy Kipr suverenitetini tan olmagan edilar. Unda nega bu bandni deklaratsiyaga kiritishga yo‘l qo‘yildi?

Aslida bu band Yevroittifoq va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikka bevosita taalluqli emas. Ehtimol, Kipr Respublikasi bu bandsiz yuqorida tilga olingan deklaratsiyani qo‘llab-quvvatlamagan va bitimni to‘sib qo‘ygan bo‘lar edi.
Lekin bu holat tomonlarning Turkiya bilan munosabatlarni yomonlashtiradi. Hozircha Turkiya hukumati va jamiyati mazkur holatga qanday munosabatda bo‘lgani noma'lum, ammo ehtimolki, salbiy baholaydi.

Shunday qilib, Turk davlatlari ittifoqi ostiga «mina» qo‘yildi. Va aslida, mintaqa davlatlari «bigizni sovunga» almashtirganga o‘xshaydi.

O‘zbekiston maxalliy matbuoti esa mazkur deklaratsiyani juda qisqa sharh bilan berib, shu tariqa, juda muhim bir jihatni yashirdi.

Tag‘in o‘qing
17 march 2017
«O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tashabbusi bilan Buxorodagi markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi», deya tantanavor e'lon qildi «Milliy ...
12 may 2022
Men ToshDUning jurnalistika fakultetiga 1982 yil o‘qishga kirgandim. Turkiston, ya'ni Markaziy Osiyo va Qozog‘iston hududidagi bu ilk universitetga 1918 ...
14 july 2016
«Pravda vostoka» gazetasi Vetnam Sotsialistik Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi bayram munosabati bilan «Jahon» axborot agentligiga bergan intervyusini e'lon qildi. «O‘zbekiston ...
28 november 2018
Urganch tumanlararo fuqarolik sudining 27 noyabr kuni sudya O‘tkir Masharipov raisligidagi majlisida jurnalist aka-uka Bobojonovlarning uyini musodara qilish borasidagi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...