TURKLIKNING O‘ChMAS TAMG‘ALARI
O‘zbekistondagi arxeologik kashfiyot turkiy tarixni qayta yozish fursati.
Topildiq tangadagi yozuv: «Turk hoqon» (Turk qogon)– tarix uchun inqilobiy sensatsiya.
Karimov davrida va aynan Karimov amri bilan ba'zi psevdo olimlar «o‘zbeklar turk emas» degan soxta iddaolarni ilgari surgan edi.
Ular uchun «Boburnoma»dagi «eli turkdir» degan ibora ham isbot o‘rniga o‘tmagan edi.
Toshkent atrofidan topilgan Turk hoqonga oid VI asr tangasi tarixni qayta yozish taqozosi.
O‘zbekiston hududida joylashgan arxeologik yodgorlik xududidan topilgan VI asrga tegishli tanga turklar tarixi haqidagi umumiy qarashlarni tubdan o‘zgartirishi mumkin.
Mazkur topilmada so‘g‘diy yozuvda «Turk- xoqon (qag‘an)» degan yozuv aniqlandi.
Bu TURK degan so‘zning birinchi yozma zikri deb hisoblangan O‘rxon Enasoy yozuvlaridan qariyb yuz ellik yil oldin paydo bo‘lganini ko‘rsatadi.
Tanga Toshkent shahri yaqinida topilgan bo‘lib, uning paydo bo‘lish davri tarixiy manbalarda G‘arbiy Turk Hoqonligi deb ataladigan davrga, ya'ni milodiy VI asr oxiri – VII asr boshlariga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Milliy arxeologiya markazining yetakchi mutaxassisi, professor G‘aybulla Babaërov mazkur yozuvni rasshifrovka qilgan.
«Avvallari «Turk- xoqon (kag‘an) » atamasi ilk bor VIII asr boshidagi O‘rxon yozuvlarida uchraydi deb hisoblanardi, — dedi professor Boboërov. — Ammo bu tanga shu atamaning aniq va yozma tasdig‘ini qariyb yuz ellik yil oldin, ya'ni taxminan 580–610 yillarga tegishli qilib ko‘rsatmoqda.»
Tarixchilar ushbu tangani Turk imperiyasining asoschilaridan biri hisoblangan Istami-hoqonning avlodlari bilan bog‘lashmoqda. Istami-hoqon Farg‘ona vodiysida — Markaziy Osiyoning muhim geostrategik markazlaridan birida hukmronlik qilgan.
Tanganing o‘ziga xos xususiyatlari — uning ikonografiyasi, diametri, og‘irligi, ishlab chiqarish texnologiyasi va metall tarkibi — uni G‘arbiy turk hoqonligining Yabg‘uluq davriga tegishliligini ko‘rsatmoqda. Ushbu belgilar uni Yabg‘u-xoqon (VII asr boshlari – 630-yillar) va keyingi (630–740-yillar) davrlarda zarb etilgan tangalardan ajratib turadi.
Ko‘chmanchi turklar — yoki tijoratni yo‘lga qo‘ygan shaharliklar?
Ushbu tanga nafaqat etnonim — «turk» so‘zining tarixiy ildizlarini ilgariroq davrga olib chiqadi, balki go‘yoki faqatgina ko‘chmanchi hayot tarzi bilan cheklangan deb qaralgan go‘ktyurklar haqidagi tasavvurlarni ham shubha ostiga qo‘yadi.
Toshkent viloyatidan topilgan yana 20 dan ortiq turli tipdagi tangalar — ularda «jabg‘u», «chabg‘u-qag‘an», «qag‘an» kabi to‘liq tyurk titullari aks etgan — bu millatning faol iqtisodiy hayot kechirganini, savdo munosabatlari rivojlanganini va to‘liq ishlovchi pul tizimi mavjud bo‘lganini ko‘rsatmoqda.
Bunday keng qamrovli tangashunoslik manbalari, o‘z navbatida, erta tyurklar hayotida shaharchilikning, hunarmandchilikning va ichki-tashqi savdoning muhim o‘rin tutganini anglatadi. Bu esa ularni sodda ko‘chmanchi deb qarash stereotiplariga muqobil, yangi qarashlarni talab qiladi.
Shuhrat Bobojon
