Asosiy mavzular
19 may 2025

NAMANGANDA ERKAK O‘NLAB ODAMLAR OLDIDA O‘Z XOTININI PIChOQLAB O‘LDIRDI

Namangan viloyati Pop tumanida erkak do‘konda xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, ayol voqea joyida vafot etgan.

Xabar qilinishicha, holat 17 may kuni soat 11:30 larda Pop tumanida sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan R.B. Pop tumani, “Qo‘shminor” MFY, Gagarin ko‘chasidagi savdo do‘koniga kelib, turmush o‘rtog‘i — 1999 yilda tug‘ilgan X.N. bilan avvaldan bo‘lgan oilaviy kelishmovchilik sababli o‘zaro janjallashgan.

Shu vaqt u savdo do‘koni oldiga o‘rnatilgan non sotish uchun mo‘ljallangan peshtaxta ustida bo‘lgan xo‘jalik pichog‘i bilan ayoliga hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari yetkazgan. Oqibatda ayol hodisa joyida vafot etgan.

Voqea telefon kameralariga muhrlab qolingan. Atrofida o‘nlab odam yigitni qaytarishga urinmagan. Ular bir soatga yaqin tortishishgan. Qo‘shnilar va do‘kondagi shaxslar ularni ajrata olmagan. Qo‘lida pichoq tutgan yigit ularni sarosimaga solib qo‘ygan. Natijada bir ayol bu yorug‘ junyoni tark etdi.

Mazkur holat yuzasidan Pop tuman prokuraturasi tomonidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlangan.

Tag‘in o‘qing
13 february 2019
Hukumat tili bilan tadbirkorlik rivoji uchun turli imtiyozlar va yengilliklar berilayotganini ovoza qilayotgan bir paytda qo‘li bilan ishbilarmonlarning bo‘g‘zidan ...
25 june 2020
Sobiq MXX rahbariyati topshirig‘i asosida O‘zbekiston qamoqxonalaridagi elikka yaqin siyosiy va diniy mahkumni o‘ldirishda bevosita ishtirok etgan Toymuroz Alimov ...
22 march 2018
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tomorqa vazirligiga aylantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 mart kuni Samarqand viloyati ...
9 september 2020
Andijon viloyatining Izboskan tumani hokimi Serobiddin Ismoilov tuman selektorida uy so‘rab joniga tekkan bir muallima ayolni jinni deb haqorat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...