Asosiy mavzular
28 may 2025

QO‘QONDA MFY RAISINI SAYLASh JARAYoNINI YoRITMOQChI BO‘LGAN JURNALISTLAR HAYDAB ChIQARILDI

28 may kuni Qo‘qon shahridagi 16-Mahalla fuqarolar yig‘inida raislikka nomzodlarni saylash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Jarayonni yoritish maqsadida hududga tashrif buyurgan jurnalistlar saylov hududidan chiqarib yuborilgani haqida Eltuzga xabar yetib keldi.

Jurnalistlarning ma'lum qilishlaricha, ular saylov jarayonini kuzatish, aholiga holis axborot yetkazish va jarayonning oshkoraligini ta'minlash maqsadida maktab hududiga borganlar.

Biroq, ayrim fuqarolar, jumladan, sobiq mahalla raislari Madaminov Nozim va Mo‘ydinov Aziz jurnalistlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar. Ular OAV vakillarini maktab hududidan haydab chiqargani ta'kidlanmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur mahallada ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilar soni 264 nafarni tashkil etadi. Amaldagi talablarga binoan, saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanishi uchun ovoz berishda kamida 60 foiz, ya'ni 157 nafar saylovchi ishtirok etishi shart. Kuzatuvchilarning aytishicha, saylovda atigi 70 nafar fuqaro ishtirok etgan va ularning 10 nafari boshqa mahallalarda istiqomat qiluvchi va nomzodga qarindosh bo‘lgan shaxslar ekani oshkor bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha mahalliy davlat organlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilmagan.

Tag‘in o‘qing
4 october 2018
O‘zbekistonda non narxining ikki barobar o‘sishi ortidan oktyabr oyida elektr, gaz, suv va benzin narxlari ham oshadigan bo‘ldi. Hukumat ...
25 september 2025
Uchko‘prik Yilg‘inzor qishloq ahli tuman hokimi Qodirjon Erkaboev va prokuror O‘ktamali Yo‘lchiev faoliyatidan norozi. Hokim qishloqdagi maktab binosini bo‘sh ...
8 january 2018
7 yanvar kuni prezident Mirziyoev Toshkentning Zangiota tumanidagi chiqishida «Abu Sahiy» MChJ «Toshkent Ipak yo‘li»ga o‘zgaritirilgach, davlatga 15 kunlik ...
23 january 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 37-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Mana, alhamdulilloh, she'rlarimning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...