Asosiy mavzular
25 march 2024

Qandahorda xudkush o‘zbek o‘zini portlatdi

O‘zbekistonlik xudkush hujumchi o‘zini Qandaxordagi Bank yaqinida portlatib yuborgani haqida Rossiya nashrlari xabar bermoqda.

Asli o‘zbekistonlik xudkush-terrorchi Asadbek Madiyarov 21-mart kuni Afg‘oniston janubidagi Qandahor shahrida joylashgan New Kabul Bank filiali o‘ngida o‘zini portlatib yuborgan. Portlash oqibatida  27 kishi halok bo‘ldi,  43 kishi yaralandi. Qurbonlarning aksari bank qo‘riqchilari va davlat xizmatchilari edi.

Rasmiylarning aytishicha, portlash Islomiy Davlat terrorchi tashkiloti tomonidan rejalashtirilgan. 

Terakt ijrochisi,  asli o‘zbekistonlik Asadbek Madiyarov bir necha yil Rossiyada yashagan va Sankt-Peterburgdagi ta'lim muassasasini tamomlagan.

Atigi uch yil avval O‘zbekistonga qaytgan. U Rossiyada radikallashgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Keyingi kunlarda IShID tashkiloti bo‘linmalarining O‘zbekistonga huruji ortgani kuzatilmoqda.

Bundan bir necha soat oldin Eltuz Qurilish vazirligi sayti IShID xakerlari hujumiga uchragani haqida xabar bergan edi.

26 martga o‘tar kechasi soat 24.00 atrofida, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish  vazirligining «Ulush kiritish asosida uy-joy qurish» milliy axborot tizimi IShID jangarilari tomonidan buzilgan.

Saytning bosh sahifasida arab tilida «Sizning tizimingiz IShID tomonidan buzilgan. Biz shu yerdamiz» deya yozuv qoldirilgan. Matn ostida IShID tashkilotining vatsap manzili ko‘rsatilgan.

Terrorchi tashkilot e'loni, Eltuz keyingi materialni efirga tayyorlayotgan ayni damlarda ham hamon O‘zbekiston hukumatiga tegishli sayt bosh sahifasida osig‘liq turibdi.

Voqea Eltuz IShIDning O‘zbekistonga huruji haqida tahliliy material tayyorlayotgan bir vaqtga to‘g‘ri kelgani ham paradoks holatdir.

Eltuz radikal diniy ekstremistik kuchlar faoliyatiga oid tahlilini davom ettiradi. Kanalimizga obuna bo‘ling, layk bosing, raxmat tugmachasini bosib qo‘llab quvvatlang.

Tag‘in o‘qing
19 january 2026
Taniqli o‘zbek teatr va kino aktyori Po‘lat Saidqosimov 2019 yil 87 yoshida Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazidagi 6 coat ...
15 september 2025
Qadimiy va navqiron Toshkent shahri hozirgi zamonda o‘zining me'moriy qiyofasi bilan juda murakkab jarayonni boshdan kechirmoqda. Shahar markazida ko‘tarilgan ...
11 september 2015
Agarda, muxokama qilgan bo‘lsa, nima uchun bu haqida ommaviy axborot agntlarida biror marta hamxabar qilinmagan? Bugungi kunda, yurtimizda SSSR ...
16 november 2016
Turkiyaning Mersin shahar mahkamasi o‘z farzandini kaltaklagan Gulchehra Isoqulova ustidan ochilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqib uni aybli deb topdi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...