Asosiy mavzular
20 june 2025

KITOB TUMANIDA HOKIM YoRDAMChISI PIChOQLAB O‘LDIRILDI

2025 yil 19 iyun kuni kechqurun Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Yangiobod mahallasi hokim yordamchisi Samadov Farrux pichoqlab o‘ldirildi. Uning janozasi 20 iyun kuni tushlik payti o‘tkazildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea kecha kechqurun mahalliy kafeda sodir bo‘lgan. Samadov Farrux u yerda hamkasblari va bir necha qassob tadbirkorlar bilan uchrashgan, yeb-ichish paytida janjal kelib chiqqan va natijada hokim yordamchisi pichoqlab o‘ldirilgan.

Hozirda hodisa bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tergov ishlarini boshlaganlar.

Aytishlaricha, Samadov Farrux pichoqlangan paytda Kitob tumanidagi barcha rahbarlar, ichki ishlar xodimlari va profilaktika inspektorlari Shahrisabz shahri va Miraki shaharchasida o‘tkazilayotgan Prezident tashrifiga tayyorgarlik tadbirlariga jalb etilgan bo‘lgan. Shu bois, Kitob tumanida qonun ustuvorligini ta'minlovchi mutasaddilar bo‘lmagan.

Mahalliy aholi bu holatdan tashvishda. Ular Prezidentdan Kitob tumaniga ham tashrif buyurishlarini so‘rashmoqda.

Shuningdek, yaqinda Kitob tumani Charmgar mahallasi profilaktika inspektori G‘aniev Hikmat fuqaroning ishini sudga olib chiqmaslik evaziga 500 dollar pora olayotgan paytida qo‘lga olingan edi. U bir haftadan buyon hibsda saqlanmoqda.

Kuzatuvchilar fikricha, tumanda nazoratning susayishi katta muammolarga olib kelmoqda.

Tag‘in o‘qing
15 february 2017
Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan Toshkentda Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan joyda ko‘pfunktsiyali unikal Muz saroyi quriladi. Xabar qilinishicha, inshootning ...
17 october 2025
XIX asr o‘rtalariga kelib Turkistondagi uch mamlakat – Qo‘qon, Xiva va Buxoro xonliklarini uch yirik imperiya – Buyuk Britaniya, ...
18 april 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyatiga borganida Bulung‘ur va Nurobod tumanlari hokimlari, tuman prokurorlari, tuman davlat soliq inspektsiyasi rahbarlari ...
16 august 2022
Eltuz muxbirining yozishicha, dushanba kuni tushlik paytida Toshkentning Yunusobot tumani IIB yonida katta tezlikda Jentra avtomashinasini boshqarib borayotgan shaxs ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...