Asosiy mavzular
22 june 2025

XORAZM VILOYaTIDAGI ChIQINDI POLIGONI AHOLI HAYoTIGA TAHDID SOLMOQDA

Xorazm viloyati Urganch tumaniga qarashli “Cho‘lobod” mahallasi aholisi ekologik falokat arafasida turibdi. Mahallaga yaqin joylashgan chiqindi poligonidan tarqalayotgan badbo‘y hid va doimiy tutun butun qishloq aholisining nafas olishini qiyinlashtirmoqda.

Mahalla ahlining ma'lum qilishicha, chiqindi poligoni har kecha yoqib yuborilmoqda. Shamolli kechalarda hidli tutun bir necha kilometr hududni qamrab olib, odamlarda ko‘ngil aynishi, qayt qilish va hatto nafas qisilishi holatlarini keltirib chiqarmoqda.

«Chirib ketayotgan chiqindilarning hidi issiq kunlarda umuman chidab bo‘lmas darajada. Hamma bolalarimiz bu hiddan kasal bo‘lyapti. Ammo buni na hokimiyat, na sanitariya xizmatlari ko‘rmoqchi emas», deydi mahalla aholisidan biri.

Aholi bir necha marta prokuratura va Ekologiya boshqarmasiga murojaat qilgan. Biroq murojaatlar natijasiz qolmoqda. Qolaversa, mahalladagi chiqindi poligoni atrofi minglab daraxtlar bilan o‘ralgan to‘qayzor hisoblanadi. “Kish kunlarida ham har kecha chiqindi yonib tutayotgani, kelajakda yirik yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin”, deb xavotir bildirmoqda fuqarolar.

Ayni paytda, mahalliy faollar Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasini qattiq tanqid qilmoqda. Ularning iddaosicha, boshqarma shikoyatlarni ko‘rib chiqish o‘rniga chiqindi yuklovchi tashkilotlardan pora olib, holatni yashirish bilan band.

Mahalla faollariga ko‘ra, bu chiqindi maydonini “Xorazm viloyatiga kimyoviy zahar tarqatayotgan qurol zavodi” deb atash mumkin. “80% bolalar bu zahardan jabr ko‘ryapti. Sog‘liqni saqlash organlari esa go‘yo bu hududda odam yashamaganday, butunlay befarq”, deyiladi murojaatda.

Mahalliy aholi oxirgi chora sifatida Prezident Shavkat Mirziyoev va Ekologiya qo‘mitasi rahbarlaridan vaziyatga jiddiy e'tibor berish, chiqindi maydonini aholi yashaydigan hududdan uzoqroqqa ko‘chirish, va bu sohadagi korruptsiyaga qarshi qat'iy chora ko‘rishni so‘ramoqda.

Tag‘in o‘qing
2 october 2015
Kecha sharmandali bir voqeaning guvohi buldim. Yozyovon yo‘lidagi Shahartepa qishlog‘iga bir ish bilan bordim. Yo‘lning ikki chetini 100 dan ...
19 april 2018
Prezident Mirziyoevning pedagog va shifokorlarni majburiy ishlarga jalb etmaslik talablaridan so‘ng Toshkentda 17 aprel kuni o‘tgan yig‘ilishda bir necha ...
14 january 2024
O‘zbekistondagi “vorovskoy mir” haqidagi xabarlarga qiziqadiganlar ekran qarshisiga yaqinroq o‘tirishingizni so‘rayman. Demak, O‘zbekiston jinoyat olamida katta evrilish. Sizning e'tiboringizga ...
25 october 2017
Ijtimoiy tarmoqda Alisher Usmonovdan bir million rubl mukofot so‘ragan o‘zbekning videosi ovoza bo‘ldi. Videoda o‘zining oddiy bir ishchi ekanini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...