Asosiy mavzular
22 june 2025

XORAZM VILOYaTIDAGI ChIQINDI POLIGONI AHOLI HAYoTIGA TAHDID SOLMOQDA

Xorazm viloyati Urganch tumaniga qarashli “Cho‘lobod” mahallasi aholisi ekologik falokat arafasida turibdi. Mahallaga yaqin joylashgan chiqindi poligonidan tarqalayotgan badbo‘y hid va doimiy tutun butun qishloq aholisining nafas olishini qiyinlashtirmoqda.

Mahalla ahlining ma'lum qilishicha, chiqindi poligoni har kecha yoqib yuborilmoqda. Shamolli kechalarda hidli tutun bir necha kilometr hududni qamrab olib, odamlarda ko‘ngil aynishi, qayt qilish va hatto nafas qisilishi holatlarini keltirib chiqarmoqda.

«Chirib ketayotgan chiqindilarning hidi issiq kunlarda umuman chidab bo‘lmas darajada. Hamma bolalarimiz bu hiddan kasal bo‘lyapti. Ammo buni na hokimiyat, na sanitariya xizmatlari ko‘rmoqchi emas», deydi mahalla aholisidan biri.

Aholi bir necha marta prokuratura va Ekologiya boshqarmasiga murojaat qilgan. Biroq murojaatlar natijasiz qolmoqda. Qolaversa, mahalladagi chiqindi poligoni atrofi minglab daraxtlar bilan o‘ralgan to‘qayzor hisoblanadi. “Kish kunlarida ham har kecha chiqindi yonib tutayotgani, kelajakda yirik yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin”, deb xavotir bildirmoqda fuqarolar.

Ayni paytda, mahalliy faollar Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasini qattiq tanqid qilmoqda. Ularning iddaosicha, boshqarma shikoyatlarni ko‘rib chiqish o‘rniga chiqindi yuklovchi tashkilotlardan pora olib, holatni yashirish bilan band.

Mahalla faollariga ko‘ra, bu chiqindi maydonini “Xorazm viloyatiga kimyoviy zahar tarqatayotgan qurol zavodi” deb atash mumkin. “80% bolalar bu zahardan jabr ko‘ryapti. Sog‘liqni saqlash organlari esa go‘yo bu hududda odam yashamaganday, butunlay befarq”, deyiladi murojaatda.

Mahalliy aholi oxirgi chora sifatida Prezident Shavkat Mirziyoev va Ekologiya qo‘mitasi rahbarlaridan vaziyatga jiddiy e'tibor berish, chiqindi maydonini aholi yashaydigan hududdan uzoqroqqa ko‘chirish, va bu sohadagi korruptsiyaga qarshi qat'iy chora ko‘rishni so‘ramoqda.

Tag‘in o‘qing
20 november 2019
Qashqadarë viloyatining Chiroqchi tumanidagi Beshchashma qishlog‘ida IJ rusumli ov miltig‘i bilan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirildi. «Eltuz»ga yuborilgan videoda «Qizil ...
19 october 2015
Eltuz manbalariga ko‘ra, tuman bo‘yicha hozircha uchta maktab o‘quvchilarining paxta terimiga chiqarilgani haqida aniq ma'lumotlar bor. Bular Oltinko‘l tumani, ...
8 may 2025
Oxirgi paytlarda xokim o‘rinbosarlarining turli xil firibgarliklariyu, kirdikorlari haqida eshitayotgan edikku…Ammo hokim o‘rinbosari o‘ziga o‘t qo‘yishgacha borishini xech o‘ylamagandik.Fikri ...
18 june 2024
40 yoshli Elyor Imomov “Hojiakbar Hojimurod bog‘i” fermer xo‘jaligi rahbari. Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanining cho‘l hududida 2017 yildan buyon ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...