Asosiy mavzular
23 june 2025

TO‘RTKO‘LNI ChIGIRTGA BOSDI

O‘zbekistonda shu yil chigirtkalar uchun barakali yil bo‘ldi. Bunday barakadan to‘rtko‘lliklar ham bahra olishmoqda.

Aytishlaricha, chigirtkalar kunduzi meva-cheva, dehqonchilik mahsulotlarini yeb bitirib, tunda chiroq yonidagi odamlar dasturxonlariga hujum qilmoqda. Mahalliy aholi chigirtkalarga qarshi kurashishda ojizlik qilmoqda.

Ayni paytda O‘zbekistonda chigirtkaga qarshi bepul dorilar tarqatilmoqda. Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida chigirtkalarga qarshi kimyoviy tozalash ishlari allaqachon o‘tkazilgan bo‘lsa, hozir Jizzaxda ham dorilash boshlangan.

Mutaxassislar chigirtka bilan zararlanish haqida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga xabar berishni so‘ramoqda.

“O‘simliklaringizni chigirtkalarga yem qilib qo‘ymang” degan mazmunda xabarlar tarqalgan. Ammo aftidan bu yordam to‘rtko‘lliklarga yetib bormagan ko‘rinadi.

– Mas'ullar bunga ko‘z yummoqda. Chigirtkalarga qarshi hatto tekin dori u yoqda tursin pulga ham dori topolmayapmiz. Dehqonchilik ishlari ham orqaga ketdi. Mevalarni ham chigirtkalar yeb bitirdi,

– deydi Eltuz suhbatlashgan to‘rtko‘llik dehqon.

Tag‘in o‘qing
29 june 2018
O‘zbekistonda 27 iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlandi. Shu kuni hukumat rasmiylari o‘zlari «zo‘r sanagan» ...
14 october 2025
(Eltuz tahlili) 2025 yil oktyabr boshida Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Dyurand chizig‘i bo‘ylab qattiq to‘qnashuvlar boshlandi. Pokiston «Tehrik-e-Talibon Pokiston» ...
8 august 2024
Quyichirchiq tumani Madaniyat mahallasida yashovchi Nafosat Yusufboeva qaynonasi va erining tayziqiga uchrab uydan haydalgan. Qaynona va er Nafosatning ikki ...
3 november 2022
«Eltuz portali»ga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qib eshittiramiz dastlabki shikoyat Samarqanddan. “Kadastr xodimining yerni noqonuniy tarzda sotgani” haqda. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...