Asosiy mavzular
24 june 2025

PRYeZIDYeNT GRANTI BILAN QAYTGAN VRAChNING QIYIN YO‘LI

Shahrisabz shahrida yashovchi va ishlab kelayotgan shifokorning hayoti mamlakatdagi yosh mutaxassislar, ayniqsa nogironligi bo‘lgan shaxslar qanday muammolarga duch kelayotganini yorqin namoyon etadi.

2019 yili u xizmat vazifasini bajarayotgan paytda ish joyida ko‘mir gazidan zaharlanadi. Bu zaharlanish oqibatida u nogironlik guruhiga kiritiladi. Shunga qaramasdan, yigit taslim bo‘lmaydi, aksincha, yanada bilim olish va jamiyatda o‘z o‘rnini topish uchun harakat qiladi.

2021 yili Prezident granti orqali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining klinik ordinaturasida o‘qishni boshlaydi. Bir yil o‘qib, 2022 yili Qashqadaryo viloyatiga, o‘zining tug‘ilgan shahri Shahrisabzga yo‘llanma bilan yuboriladi. Bu — davlatning yosh mutaxassislarni viloyatlarga yuborish siyosati doirasida amalga oshirilgan ish edi.

Ammo amaliyotda barcha narsa ham qonun va farmonlarga mos kelavermaydi.

Shaharda ishga joylashishim juda qiyin kechdi. Viloyatdan berilgan rasmiy yo‘llanma bo‘lishiga qaramay, mahalliy rahbarlar turli bahonalar bilan ishga olishni cho‘zdilar. Faqat oyiga bir kun navbatchi shifokor sifatida ish boshlay oldim, – deydi yosh shifokor.

Ammo uning ish jadvali na ijtimoiy, na iqtisodiy jihatdan manfaatli emas edi. Qolaversa, qonunga ko‘ra nogiron shaxslarni tungi navbatlarga jalb qilish mumkin emas. Kunduzgi lavozimlar esa, uning aytishicha, ko‘pincha pora yoki tanish-bilish asosida taqsimlanar ekan.

Qiyinchiliklar shunda ham tugadi. Shifokorning ta'kidlashicha, rahbarlarga «qarashish» — ya'ni sovg‘a-salom berish talab qilingan. Iqtisodiy ahvoli bu kabi talablarga javob bermagani sababli yosh shifokor bosimga duch kela boshlaydi.

Ogohlantirishlarsiz dalolatnomalar tuzila boshlandi, turli ruhiy va ma'naviy bosimlar ko‘rsatildi. Aqibatda, maoshimdan ularga ulush berishga majbur bo‘ldim. Biroz tinch ishladim, ammo keyin yana bosim boshlandi. Bu — haqoratli, insofsiz munosabat edi, — deb yozadi u.

Eng achinarlisi shundaki, bu inson — davlatning rasmiy granti orqali tayyorlangan mutaxassis. U o‘z yurtiga xalqqa xizmat qilish niyatida qaytgan edi. Lekin mahalliy tizimdagi adolatsizlik uni ruhan ezib qo‘ydi.

Men Prezident yuborgan kadrman, nogironman, o‘z huquqlarimni talab qilayotgan insonman, — deydi u.

Uning hikoyasi — faqat shaxsiy dardu alam emas. Bu — jamiyatdagi tizimli muammolarning ifodasidir. Yosh mutaxassislar, ayniqsa nogironligi bor fuqarolarga himoya berilmay, aksincha to‘siq qo‘yilishi — bu jamiyat ravnaqiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi jiddiy muammodir.

Bu kabi holatlar davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchni yemirmasligi uchun, tegishli tashkilotlar va mas'ul idoralar bunday murojaatlarga befarq bo‘lmasligi lozim. Chunki bir insonning haqqi — butun tizimning yuzi hisoblanadi.

Tag‘in o‘qing
7 october 2020
Islom Karimovning uzoq davom etgan (1991-2016) beqaror siyosatidan so‘ng hokimiyatni egallagan Shavkat Mirziyoev ulkan islohotlar da'vosi bilan maydonga chiqdi. ...
19 may 2017
O‘zA tomonidan davlat arbobi Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyiga bag‘ishlab tayyorlangan maqolani mamlakatning bir qancha gazetalari bosdi. Sh.Rashidov bilan ...
2 october 2018
Majburiy ijro byurosi tomonidan xalqdan undirilgan trillionlab so‘m mablag‘ning bir qismi aholining zimmasiga yuklangan asossiz qarzdorlik bo‘lishi ehtimoli juda ...
4 september 2019
Mening uzoq yillar avval yozgan bir she'rim bor edi. Unda Sharqning shoiri gul butog‘iga bog‘lab qo‘yilgan devga qiyoslanardi. Bu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...