Asosiy mavzular
25 june 2025

KORRUPTsIYa UChUN IShDAN OLINGAN PROKUROR YaNA VAZIR O‘RINBOSARI ETIB TAYINLANDI

2017–2019 yillarda Adliya vaziri o‘rinbosari, 2021–2024 yillarda esa Buxoro viloyati prokurori bo‘lib ishlagan Mahmud Istamov yana hukumatdagi yuqori lavozimga qaytdi. U endi Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov 90 ming dollar pora bilan qo‘lga tushganidan so‘ng, prezident topshirig‘iga binoan bosh prokuror Nigmatilla Yo‘ldoshev tomonidan Buxoro viloyati prokurori Mahmud Istamov va boshqa mas'ullar lavozimidan ozod etilgan edi.

Mahmud Istamovning nomi bevosita pora ishi bilan bog‘liq yoki unga yaqinligi aniq bo‘lmasada, uning ishdan olinishi mas'uliyatdan chetlashtirish sifatida qabul qilindi.

Ammo oradan bir muddat o‘tib, Mahmud Istamov yana yuqoriroq mansabga tayinlandi. Bu holat jamoatchilikda katta savollar uyg‘otmoqda:

Korruptsiya bilan bog‘liq mojarolar ortidan lavozimidan ketganlar qayta tizimga qaytarilishining o‘zi qanday signal?

Xalq korruptsiyaga qarshi kurashga ishonmoqchi, lekin kecha jazolanganni bugun yangi lavozimda ko‘rish, ko‘plarda haqiqatga bo‘lgan umidni o‘ldirmoqda.

Tag‘in o‘qing
30 may 2021
Rassom Elsevar Eltuz.com
11 april 2019
«Eltuz» nashri Muhammad Bekjonning «Qo‘rquvning nariyog‘ida» (Alvido, Jasliq!) ikkinchi kitobining audio versiyasini taqdim eta boshlaydi. «Bu kitob “O‘zbekiston qamoqxonalarida ...
29 march 2016
Sputnik internet nashrining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasidagi manbaga asoslanib bildirishicha, O‘zbekistonda 2016 yilning birinchi choragida ...
2 november 2015
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com AQSh davlat kotibi Jon Kerri va Islom Karimovga «noqulay» savol bergan jurnalistlarning matbuot anjumani o‘tayotgan zaldan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...