Asosiy mavzular
29 june 2025

Oqdaryodagi tazyiq: “70 mingdan pilla ol va topshir!”

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi fermerlariga ko‘ra, hokim va tuman IIB rahbariyati ularga qattiq bosim o‘tkazmoqda. Har kuni yig‘ilishlar tashkil etilib, pilla topshirish rejasini bajarmaganlarga tahdidlar bo‘lgan: Bir kilogramm pilla uchun 70 ming so‘mdan pul topib, topshirishing kerak. Aks holda tekshiruv, jarima, soliq!

Oqdaryo tuman hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Obod Shodmonov fermerlarga yuborgan audio xabarida quyidagilarni aytgan:

Pillani o‘yin qilayotgan fermerlar, tumanni orqaga tortayotgan fermerlarni Karantin inspektsiyasi 465 son qaror bo‘yicha to‘liq o‘rganib chiqib, qonuniy chora ko‘rasiz. 465 qaror bo‘yicha tuman hokimimiz ishchi guruh rahbari. Dalolatnomaga to‘liq ishchi guruh a'zolarining imzolarini qo‘ydirib, menga ertaga kechgacha yakunlab olib kelasiz. Qaysi fermer bo‘lishidan qatiy nazar, kim bo‘lishidan qatiy nazar 3 karra soliq to‘lasin. Keyin fermerning ahvolini ko‘raman!

Ikkinchi audioda esa:

“Pilla rejasini bajarmagan fermerlar kechqurun grafik asosida pilla korxonasiga kelishi shart! Hamma keladi!”

“Bu reja hujjatda yo‘q, qurtlar o‘lib ketdi!”

Fermer so‘zlariga ko‘ra, hech qanday rasmiy reja yoki shartnoma mavjud emas. Pillachilik aslida kasanachilarning ishi, lekin hokimiyat tomonidan fermerlarga qurt berilib, majburiyat yuklab qo‘yilgan. Ammo berilgan pilla urug‘lari sifatsiz bo‘lib, tuman fermerlarining 80 foizida qurtlar o‘lib ketgan. Fermerlar buni hokimiyat aybi deb hisoblashmoqda, ammo hech kim buni tan olishni istamayapti.

“750 kg pilla uchun men 50 million so‘m to‘lashim kerak ekan. Biz allaqachon g‘alla va paxta uchun qarzga botganmiz. Yig‘ilishga bormasak, militsiya keladi, uchastkovыy telefon qiladi, prokuraturadan ‘javobgarlik ochamiz’ deb tahdid qilishayotgan holatda turibmiz,”

— deydi oqdaryolik fermer.

Pilla yetishtirish va topshirish — bu iqtisodiy faoliyatning ixtiyoriy shakli bo‘lishi kerak. Agar fermerga majburiyat yuklansa, u qonunga zid hisoblanadi. Yuqoridagi holatlar yana bir bor shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat hokimiyat va mutasaddilar tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasiga majburlash, tahdid va tazyiqlar orqali «reja bajartirish» amaliyoti saqlanib qolayotgani soha rivojiga zarar keltiradi.

Tag‘in o‘qing
5 january 2016
Yangi yil arafasida Feysbuk sahifasi ishtirokchilari «Toshkent go‘zali»ni tanlashdi. Aktrisa Olesya Nedobegova bu virtual tanlov g‘olibi bo‘ldi va u ...
4 november 2025
Moskva 2026-yilda migrant ishchilar uchun patent to‘lovlarini oshiradi. Bu borada Moskva shahar dumasi hujjat qabul qildi.   Ma'lumotlarga ko‘ra, ...
19 january 2017
Eltuz nashri jurnalist Shamsiddin To‘laganovning Milliy havfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov iste'fosi haqidagi maqolani chop etishi ortidan Respublika telekanali ...
2 june 2016
Jurnalistning «Nega yo‘q bo‘lib ketdingiz? O‘rningiz judayam bilinyapti» degan savoliga javob berar ekan, Obid Asomov shunday dedi: «Ba'zi bir ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...