Asosiy mavzular
30 june 2025

MUDOFAA VAZIRLIGINING RUSPARAST AMALDORLARI TIZIMNI IChDAN YeMIRMOQDA

Eltuz nashriga O‘zbekiston DXX Kontrrazvedka boshqarmasining uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan zobiti murojaat qildi. Masala Respublika mudofaa tizimiga yana qoloqlik, rusparastlik, guruhbozlik, tashabbusni o‘ldirish va soxtakorlik ilatlari qaytganida.
«2016 yilga qadar milliy armiyaning va mudofaa tizimining ahvoli rasvo edi. OAVda ura-ura maqtovlar, ammo reallikda tizimni guruhbozlik, yirik korruptsiya ich-ichidan yemirgan edi. Prezident Mirziyoev o‘shanda bu haqidagi hisobotimizni to‘g‘ri tushunib sohada katta o‘zgarishlar qildi. Mudofaa tizimining yangi rahbariyati qator zavodlar ochib mudofaa sanoatini izga qo‘ygan edi», deydi DXX zobiti.
Biroq 2024 yilda Komil Allamjonovga qilingan suiqasd mudofaa tizimi uchun ulkan zarba bo‘ldi. Abdusalom Azizov DXX raisligidan olinib o‘rniga Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov keldi. Shundan so‘ng Xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Maxmudov o‘zining «odami» bo‘lgan Shuhrat Xolmuxammedov nomzodini Mudofaa vaziri sifatida Prezidentga «tiqishtirdi».
Eslatib o‘tamiz, Viktor Vladimirovich Mahmudov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi lavozimiga 2013-yil 21-sentyabrda tayinlangan. Ya'ni bu maslahatchi birinchi Prezident Islom Karimov boshqaruvi davrida ham, Shavkat Mirziyoev prezidentligida ham ayni vazifalarini bajarmoqda.
«Viktor Mahmudov qo‘llab quvvatlagan yangi mudofaa vaziri Rossiya shovinizmining muxlisi ekan. Shuhrat Xolmuhammedov sohani atay orqaga tortyapti. Mudofa sanoati sohasida barcha loyihalar taqa-taq to‘xtab qoldi. Amaliy ishlarni hujjatbozlik, imzoparastlik sekinlashtirib tashladi. Harbiylarni so‘kib ishlatish odati qaytdi. Amalda hech qanday ish qilinmaydi, quruq majlisbozlik avj olgan. Mudofaa sanoati ham yangi ishlanmalarni rivojlantirmay qo‘ydi. Buning bari milliy mudifaani yemirish uchun qilinayotgan diversiyadek ko‘rinyapti», – deydi vazirlikdagi mulozimlardan biri.
Hozirgi mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedov bu lavozimga tayinlangunga qadar mudofaa vaziri o‘rinbosari, Prezident huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari va favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Vazir Shuhrat Xolmuhammedovga birgina imzo qo‘ydirish uchun o‘rinbosarlar va barcha tarkibiy bo‘linma boshliqlari o‘sha masalada kelishishi kerak. Vazirlik va Mudofaa sanoati agentligi xujjatlar botqog‘iga botib qoldi.
Hozirgi kunga kelib xaftasiga 15-20 ta protokol imzolanib ishlashga vaqt qolmayapti, demoqda DXXning Mudofadagi bir qancha manbalari.
Mudofaa tizimidagi orqaga qaytish va oqsash haqida DXX raisi Bahodir Qurbonov bayonot berdi. Prezident Xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Maxmudov va vazir Xolmuxammedovga e'tiroz bildirdi. Ammo amalda vazir tizimni hujjatbozlik va soxtakorlik botqog‘iga botirishda davom etyapti.
Xolmuxammedov rahbarligida Mudofaa vazirligida «harbiy avtoritarizm» tarzidagi boshqaruv qayta joriy etildi. Bir qaror uchun butun vazirlik tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishish talab etila boshlandi.
Hujjatlar botqog‘iga botgan vazirlikda ish unumdorligi pasaydi. Bir vaqtlar telefon orqali rahbarlar bilan tezkor muloqot qilib, loyihalarni ishga tushirgan Bahodir Qurbonovning o‘rnini hozir hech kim bosa olmayapti.
Xavfsizlik Kengashi kotibi Maxmudov, vazir o‘rinbosari Alisher Norboev va vazirlik inspektsiyasi boshlig‘i Jahongir Bekmurodovning aralashuvi bilan ishlab chiqarish korxonalarida loyihalar o‘rniga tozalik, ta'mirlash va musor tekshirish bosh vazifaga aylandi. Aslida esa agentlik ishlab chiqarishni rivojlantirishi kerak edi.
Mudofaa sanoatidagi oqsash bevosita milliy armiyaga, davlat mudofaasiga ta'sir o‘tkazadi. Harbiylarning jangovar tayyorgalligi aynan mudofaa sanoatidagi ishlanmalar vositasida takomillashib borishi kerak. Mamlakatdagi yangi ochilgan mudofaa zavodlari agentlikning yangi texnik ishlanmalarini ishlab chiqarishga tadbiq qilib borishi zarur.
Biroq mutaxassislar vazirning adoqsiz byurokratiyasi va majlislaridan ortib o‘z vazifalarini bajarishga ulgurmayapti. Ish kuni hisobotga tayyorgallik bilan o‘tib ketmoqda – bu esa amaliy ishlarni bajarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘siqdir.
Tashqi va ichki tahdidlar kuchaygan bir paytda Mudofaa tizimini bu shaklda maqsadli cho‘ktirish qaysi og‘aga kerak bo‘lyapti?

Tag‘in o‘qing
11 september 2020
«Biz tomonlargayam koronavirus infektsiya yetib keldi. Qishlaxta o‘n beshta odamda o‘sha kasallik bor ekan»,- dedi bugun ertalab qishloqdoshlarimdan biri. ...
3 october 2016
O‘zbekiston telekanallari sentyabr oyini yig‘i-sig‘i bilan boshlab, bayramona kayfiyatda tugatdi. Prezident Islom Karimovning vafoti munosabati bilan sovet davriga xos ...
24 may 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” audiokitobining 29-qismi. Matnni muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Xalq shoirlari millat haqida qayg‘urar ...
14 june 2023
“Xorazm yo‘l qurilish” MChJda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi shaxs Xiva tumanidagi oilaviy korxonaga tegishli 8500 kvadrat metr yer maydoniga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...