Asosiy mavzular
4 july 2025

GULISTONDA PROKUROR O‘RINBOSARI 10 MING DOLLAR PORA BILAN QO‘LGA TUShDI!

Kecha, 5 iyul kuni, Guliston shahar prokuraturasi o‘rinbosarlaridan biri 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi. Bu navbatdagi “qo‘lga tushish” hodisasi bo‘lib, O‘zbekistonda prokuratura tizimidagi chuqur ildiz otgan korruptsiyani yana bir bor ochib tashlaydi.

Aslida Bosh prokuraturadan tortib tuman prokuraturasidagi oddiy inspektorgacha  “eng katta o‘g‘ri”lar yoki “eng mahoratli korruptsioner”lar hisoblanadi.

Fakt kerakmi? Mana fakt! Ular muntazam ravishda tezkor tadbirlarda ushlanyapti. Chunki bu tizimda hech kim “mushugini oftobga tekinga chiqarmaydi”. Qilgan-qilmagan ishi uchun “otning kallasiday” oylik olib, boshqalarni tahdid qilib: “Nima qilib yurganingni bilaman”, deydiganlar ko‘p.

Eng qizig‘i shundaki, o‘zidan “farishta” yasagan ba'zi prokurorlar o‘g‘rilik va korruptsiya bilan bog‘liq mojarolar ortidan lavozimidan ketsa ham, keyinchalik qaytadan tizimga qaytarilyapti. Bu esa prokuratura tizimida hech qanday islohot va tozalash yo‘qligini, o‘zgarishlar faqat qog‘ozda ekanini ko‘rsatadi.

Haqiqat shuki, ular o‘zlarini korruptsiyaga qarshi kurashuvchi deb hisoblaydigan korruptsionerlardir.

Tag‘in o‘qing
27 january 2025
Davlatni butunligini uch kishi tamsil qiladi. Davlat boshlig‘i¸ huquq tartibot xodimlari va qonunga riya qiladigan odam. Qozi¸ mirshab va ...
18 june 2018
O‘zbekiston kuchishlatar tizimlari delegatsiyasi 4-8 iyun kunlari Pekinda maxsus seminarda qatnashdi. Xitoy poytaxtida “Pul va moddiy o‘tkazmalardan noqonuniy foydalanish” ...
13 march 2018
Bundan 65 yil oldin, 1953 yilning 18 mart kuni Germaniyaning Myunxen shahridagi radiostantsiyadan o‘zbek tilida ilk bora mana bu ...
29 april 2020
Hikoyani Absattorning o‘z tilidan eshitamiz. – Ko‘zimni ochsam, kimdir boshini parashaga egib o‘qchib -o‘qchib qusyapti. Qusiqlari ustimga sachradi. (So‘kinadi) ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...