Asosiy mavzular
12 july 2025

TOShKYeNT VILOYaTI BOShQARUV SYeRVIS KOMPANIYaLARI BOSIM OSTIDA 

Toshkent viloyati uy-joy inspektsiyasi rahbari Dilmurod Rejamatov va bo‘lim boshlig‘i Doniyor Ahmedov BSK (boshqaruv servis kompaniyalari)dan o‘lpon puli talab qilib tadbirkorlarni siquvga olishmoqda. 

Bu haqida Eltuzga Nurafshon, Olmaliq, Yangiyo‘l, Chirchiq shaharlari hamda Zangiota tumanidagi BSKlar rahbarlari ma'lum qilishdi. 

«Bizni qo‘rqitishadi, inspektsiya rahbari har oy belgilangan summada pul talab qiladi. Pul bermaydigan korxonalarni tekshirib yopib yuboramiz deb tahdid qilishadi» deydi murojaatchilar. 

Iddaolarga ko‘ra muqaddam tungi klub qorovuli bo‘lib ishlagan Doniyor Ahmedov tanish-bilish orqali o‘z lavozimiga erishgan. 

«Doniyor Ahmedov o‘zi uy-joy inspektsiyasida boshliq edi. Har bir uy qurilishdan 5-10 ming dollar olardi. Foydalanishga topshirilgan uylar juda sifatsiz edi» deb iddao qiladi tizim vakillari.

2023 yilda Doniyor Ahmedov Oqqo‘rg‘on tumanida bir uyni noturar joy maqomiga o‘tkazish uchun o‘ziga yaqin Sarvar ismli xodimi orqali pul talab qilgan. O‘shanda pora olgan o‘rtakash xodim qo‘lga tushgan edi. Iddaolarga ko‘ra, o‘shanda Ahmedov xorijga qochib ketgan. 

Doniyor Ahmedov inspektsiyaga qaytib kelib – yangi rahbar Dilmurod Rejamatov bilan birga eski o‘lpon tizimini yo‘lga qo‘ydi.

«Har bir kompaniya oyiga 200-300 dollardan pul berishi kerak bularga. Agar bermasak, jazo bilan po‘pisa qilishadi. Buni isbotlash kerak bo‘lsa, qo‘limizda rasm va boshqa dalillarimiz bor» deydi murojaatchilar.

Doniyor Ahmedov ham, Dilmurod Rejamatov ham davlat xodimlari. Ularning ustidan oddiy tadbirkor prokuraturaga arz qilsa, ish hech qachon adolatli hal bo‘lmaydi. Masala bosdi-bosdi qilinadi, ariza yozganlarni aybdorga chiqarishadi – tadbirkorlar aynan shunday stsenariy yuz berishiga amin.

Toshkent viloyati hokimi, viloyat prokuraturasi va boshqa mas'ul organlar uy-joy inspektsiyasi rahbarlarining faoliyatini jiddiy taftish qiladimi?

Tag‘in o‘qing
10 june 2016
Mustaqillikning 25 yillik to‘yi oldidan boshlangan ura-ura maqolalar orasidan «Xalq so‘zi»da chop etilgan «Taraqqiyotimizning asosiy mezoni» to‘g‘risidagi lavha ham ...
20 october 2022
Muhbir: Solih aka. Bugungi suhbatimizda oilangiz haqida gaplashsak. Ya'ni Madaminbek oilasida tug‘ilgan farzandlar haqida. Siz to‘ng‘ich o‘g‘ilsiz.Muhammad Solih: Men ...
9 october 2023
Myunxen atrofidagi uylarda va Bavariyaning Rottax-Egern kommunasidagi villada o‘tkazilgan tintuvlar paytida narxi 140 ming yevrolik Mercedes Maybach S500, 180 ...
23 december 2025
Moskva markazida RF qurolli kuchlari Bosh shtabi operativ tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i, general-leytenant Fanil Sarvarov moshinasini po‘rtillatishdi. Moshn ichidagi general-leytenant ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...