Asosiy mavzular
13 july 2025

Buzilayotgan tabiiy muhit, yer va suv muammosi 

Eltuzga kelayotgan xatlarni o‘qishda davom etamiz. Navbatdagi beshta xat O‘zbekistonning Toshkent, Farg‘ona, Buxoro va Jizzax viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub Toshkent shahrining Qibray tumanidan. Bobur mahallasi Universitet ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi nomidan murojaat qilgan Eltuz obunachisi chiqindilar vaqtida olib ketilmayotganidan shikoyat qilmoqda.

Bugun e'tiboringizga taqdim etmoqchi bo‘layotganimiz ikkinchi xat esa Farg‘ona viloyatidan. Qo‘qon shahrining Soybo‘yi ko‘chasida yashovchi aholi sug‘orish arig‘iga egalik qilayotgan fermerlar undan shaharning meliorativ, ekologik va sanitariya talablariga rioya qilmasdan foydalanishayotgnini bildirishmoqda. 

Navbatdagi uchinchi maktub Buxoro viloyatidan. Qorako‘llik fuqaro uy joyini ta'mirlashda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatlari foydasiz bo‘layotganini iddao qilmoqda.

Keyingi maktub esa Jizzaxdan. Fuqarolarning e'tiborsizligi tufayli suv isrof bo‘lmoqda.

Keyingi maktub ham Jizzax viloyatidan. Zominning Beshkubi qishlog‘i fuqarolari ikkita hamqishlog‘i ustidan arz qilib, ularning yerlarga noqonuniy egalik qilishayotgani, buzib rasvo holga keltirishayotganini iddao qilishmoqda.

Albatta yuqorida keltirilgan xat mualliflari aytganidek, mamlakatning yer va suv resurslariga egalik qilish, shusiz ham ayanch bir holga kelib qolgan O‘zbekistonning ekologik muhitmni buzish huquqiga ega bo‘lish degani emas. Buning uchun mamlakat qonunchiligida tegishli jazo belgilangan.    

Biroq yana bir bor eslatib o‘tamiz, Eltuzga kelayotgan xatlarda aks etgan iddaolar ularning mualliflariga tegishlidir. Eltuz portali telegramda aloxida bot shaklida ochilgan, siz xam u yerga uz shikoyatlaringizni, etirozlaringizni yuborishingiz mumkin. Video yuzasidan izoxlar koldiring, layk bosing, kanalimizga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
29 may 2023
Ruslan Davletov Adliya vaziri ekan qo‘li ostidagi xodimning pora olganini bilaturib, uning ishishini prokuraturaga oshirmagani haqidagi post Eltuzda nashr ...
25 august 2018
14 avgust kuni Xonqa tumanining Qoraqosh qishlog‘idagi Yangiariq tumaniga o‘tuvchi ko‘prikning bir qismi qulab tushgan. Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonada. ...
28 december 2016
Diniy idora 35 yoshlardagi, oliy ma'lumotli, 2002 yili Toshkent Islom institutining ilk bitiruvchilaridan bo‘lgan Alimardon Ernazarovning nima uchun ishdan ...
23 november 2025
L’EXPRESSVA THE INSIDERSURIShTIRUVIGA KO‘RA,VOQYeA INSTsYeNIROVKA BO‘LGAN Bugun O‘zbekistonda «tadbirkor va bankir» deb ardoqlanaëtgan Qahramonjon Olimovning shu yil ëzda Frantsiyada ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...