Asosiy mavzular
21 july 2025

BUXORO VILOYaT PROKURATURASI MILLIARDLIK KORRUPTsIYa JINOYaTIGA NYeGA KO‘Z YuMDI?

«Buxoroneftegazparmalash»da milliardlik korruptsiya mojarosi yuzaga keldi. Jamiyat rahbariyati 2,85 milliard so‘m mablag‘ni sohta shartnomalar vositasida o‘zlashtirib yuborgan. Dastlab «KOGON MARS PLYS» MChJ bilan dizel va kompressor uskunalarni ta'mirlash bo‘yicha shartnoma tuzilgan. Biroq amalda ta'mirlash ishlari yo arzon bahoda sexlarda bajarilgan, yoki umuman bajarilmagan. Holatni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departament xulosalari ham tasdiqlaydi. Foto va yozma dalillar, ish boshida turganlarning tushuntirish xatlari ham bor.

Talon-toroj to‘liq fosh etilgan bo‘lsa-da, jinoyat ishi 2025 yil 16 mayda yopib yuborildi. 

«Tergov ishlariga CAT dizellari bo‘yicha muhandislar, neft-gaz texnik nazorat inspektsiyalari va boshqa mutasaddi idoralar jalb etilmagan. Kompressorlar haqida allaqanday soliqchi mutaxassis va zavod bosh mexanigi xulosa berishgan. Tergovchi dalillarga tayanib jinoyat ishini olib borish o‘rniga – uskunalar ta'mirlanganmi o‘zi degan tor savolga yopishib olgan» – deydi insayder

Bir tomondan jamiyat rahbari Bakaev Baxtiyor Mirzaevich va «KOGON MARS PLYS» rahbari bir-biriga qarindosh. Boshqa tomondan jinoyat ishi Qorovulbozor tumani prokuraturasiga yuborilgani shubhali. Shikoyatchilarga ko‘ra bu tuman prokuraturasida mahalliy tanish-bilishchilik qonunlardan ustivor. 

«Buxoro viloyat prokuraturasi holatni tashqi audit bilan baholashga qaror qildi. “PROMSTROY-AUDIT” deb nomlangan xususiy tashkilot audit tekshiruvini jamiyatning o‘zidan olingan hujjatlar asosida olib borib 6 million so‘mga «chiroyli xulosa» yozib berdi», – deydi shikoyatchilardan biri.

Aftidan, «Buxoroneftegazparmalash» tergovning ostidan kirib, ustidan chiqdi. Jamiyat rahbariyati auditorlardan tortub, tergovchiyu, prokurorlar bilan kelishuvga erishdi – natijada, 2,85 milliard so‘mlik kamomad jinoyati muvaffaqiyatli bosdi-bosdi qilindi.

Tag‘in o‘qing
23 march 2017
Rossiyalik mashhur xonanda Boris Grebenshikov yaqinda qamoqdan chiqqan jurnalist, Muhammad Bekjonga maktub yo‘lladi. Eltuz muxbiri bilan suhbatda sobiq siësiy ...
11 november 2025
Farg‘ona viloyatida yer mojarosi tufayli erkak qo‘shnisini tosh bilan urib o‘ldirdi. Marhumning onasining so‘zlariga ko‘ra, voqea 5 noyabr kuni ...
13 january 2026
Muvaffaqiyat — bu oxirgi nuqta emas, mag‘lubiyat esa o‘lim emas. Eng muhimi — davom etish uchun topilgan jasoratdir.
31 march 2025
O‘ztransgaz AJ tizimidagi Magistral gaz quvurlari boshqarmalarida har yili berilib kelingan bayram puli negadir 2025 yilda kimningdir tashabbusi ila ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...