Asosiy mavzular
1 august 2025

ROSSIYa O‘ZBYeKLARNI URUShGA JALB QILIShDA DAVOM ETMOQDA

Rossiya “Harbiy kontrakt” degan niqob ostida O‘zbekiston fuqarolarini ukrain jang maydonlariga yuborishda davom etmoqda. O‘zbekiston fuqarolari Rossiya armiyasi tarkibida yollanma jangchi sifatida qatnashgan hollari bo‘yicha rasmiy organlar tekshiruv boshlagan, ayrimlarga nisbatan jinoiy ishlar ham qo‘zg‘atilgan. Ammo shunga qaramay, Rossiya tomoni ularni jalb qilish urinishlarini yanada kuchaytirmoqda.

Rossiya Qurolli Kuchlaridagi manbalar orqali yetkazilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning o‘zida 902 nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolagan. Bu insonlar shundan so‘ng o‘z taqdiri ustidan nazoratni yo‘qotgan, ular mustaqil shaxs emas — balki boshqa davlat manfaatlari uchun qurbon bo‘lgan odamlardir.

Rossiya o‘z “verbovka” (ya'ni, odam jalb qilish) amaliyotida eski va sinovdan o‘tgan usullardan foydalanmoqda. Ko‘p hollarda mehnat migranti sifatida Rossiyaga borgan fuqarolarimizga armiyada yoki qurilishda yuqori maoshli ish va'da qilinadi. Eng “yumshoq” vosita esa — Rossiya fuqaroligini olish imkoniyati. Bu orqali ularni o‘z kuchiga ishontirib, urushga olib ketmoqda.

Rossiyada jazo muddatini o‘tayotgan fuqarolar esa tahdid, psixologik bosim va va'da bilan urushga yuborilmoqda. Ayniqsa, yaqinda Rossiya fuqaroligi olgan migrantlar shantaj qurboniga aylanmoqda. Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrыkinning o‘zi yaqinda bayon qilganidek, ular tomonidan 5 mingdan ortiq reyd o‘tkazilgan va natijada 90 ming odam “ushlangan”. Shu “ushlangan”larning 30 ming nafari bilan shartnoma imzolanib, frontga yuborilgan. E'tiborli jihati shundaki, “ushlangan” degan ifoda — bizning ifoda emas, balki Rossiya rasmiylarining aniq so‘zidir. Bu so‘z Rossiyaning Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarga qanday munosabatda ekanini ochiq namoyon qiladi.

Natijada bugungi kunda ukrain asirligida bo‘lgan jangchilar orasida 33 davlat fuqarosi bor. Ular orasida eng ko‘p sondagi asirlar — O‘zbekiston fuqarolari.

Eng xavotirli ma'lumotlardan biri — 2025 yil 5 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi delegatsiyasining Rossiyaning Kursk viloyatidagi “Postoyalыe Dvorы” harbiy poligonidagi yopiq tashrifi bo‘ldi. 

Delegatsiyaga vazir o‘rinbosari, polkovnik Alisher Narbaev rahbarlik qilgan. Rossiya tomoni unga Leningrad harbiy okrugi jangchilarini tayyorlash jarayonlari haqida taqdimot o‘tkazgan. Ushbu tashrif faqat rasmiy-diplomatik xarakterda bo‘lsa kerak, deb umid qilamiz. Chunki agar u yerda O‘zbekiston fuqarolarini tayyorlash ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, bu ham siyosiy, ham huquqiy jihatdan og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Rossiya tarixida boshqa xalqlar hayotidan foydalanish orqali o‘z manfaatlarini ta'minlash holatlari ko‘p bo‘lgan. Ammo bugungi jarayonlar ilgari kuzatilganlardan ham shafqatsizroq. Ilgari o‘zbeklar faqat arzon ishchi kuch sifatida qaralsa, endi ularni “tayyor go‘sht” sifatida jang maydoniga yuborishmoqda. Ularning Rossiya jamiyatidagi mavqei o‘zgarmadi: “ikkinchi sort” deb qaralganlar endi urishga ham majburlanyapti.

Bu jarayonga qarshi qat'iy chora ko‘rilmasa, yana yuzlab yurtdoshlarimiz faqat bir tomonga boradigan bilet — urush shartnomasi — imzolab, hayotini yo‘qotishi mumkin. Har bir shunday shartnoma — faqat o‘lim yoki asirlik olib keladi.

O‘zbekiston hukumati bunga bee'tibor bo‘lmasligi kerak. Rossiyaning noqonuniy harakatlariga qarata jiddiy siyosiy va huquqiy choralar ko‘rilishi lozim. Bu nafaqat davlatning tashqi siyosat mas'uliyati, balki fuqarolarning hayotini himoya qilish degan konstitutsion burchdir.

Tag‘in o‘qing
6 june 2017
Andijonlik Bahromning mutaxassisligi injener-texnolog edi. Ammo u O‘zbekistonda mutaxassisligi bo‘yicha ish topa olmadi va boshqa qishloqdoshlari qatori Rossiyaga ishlagani ...
11 december 2017
5 dekabrda Amnesty International inson huquqlari tashkiloti huquq himoyachilarining o‘limi va ularning o‘ldirilishi holatlari ko‘payishi tendentsiyasi mavjudligini tasdiqlaydigan hisobotini ...
7 november 2025
Xorazmda mobil qurilmalarga APK virus fayllarini tarqatish orqali fuqarolarning plastik kartalaridan pul mablag‘larini o‘g‘irlab kelgan shaxslar guruhi qo‘lga olindi. ...
27 april 2017
Prezident Mirziyoevning tabiiy gazni sotishni xususiy operatorlarga o‘tkazishga oid hujjatni imzolashi ortidan, o‘zbek matbuotida bu qarorni olqishlovchi materiallar paydo ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...