Asosiy mavzular
3 august 2025

FUQARONI AEROPORTGA IShGA KIRITMOQChI BO‘LGAN “TANKA” QO‘LGA OLINDI

Toshkent xalqaro aeroporti Aviatsiya xavfsizlik xizmati qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaroni aeroportda faoliyat yurituvchi mansabdor tanishlari orqali Qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi lavozimiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 500 AQSh dollari talab qiladi.

DXX va IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu uddaburon nazoratchi talab qilingan 500 AQSh dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Dastlabki surishtiruv davomida, mazkur shaxs aeroportga ishga joylab qo‘yish uchun o‘nga yaqin fuqarodan 500-1000 AQSh dollari miqdorida pul olganligiga iqror bo‘ldi. 

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Malum bo‘lishicha, u bir necha kishilarni xuddi shu vadalar bilan aldab pulini olib kelgan. Qaytarganini qaytarib, qaytarmaganini erta-indin beraman deb, laqqillatib kelgan. 

Surishtiruv jarayonida uni aeraportda birorta tanishi ham yo‘q va hududga kirishga ruxsati ham yo‘q bo‘lib chiqdi. Hozirda ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan boshqa fuqarolarni aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tag‘in o‘qing
31 january 2018
“Erk” demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda o‘z tasarrufidagi ma'lumotlarga asoslanib “Inoyatov tarafdorlarini zaiflashtirish ancha qiyin ...
3 january 2026
12 dekabr kuni Rossiyaning Xabarovsk shahrida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan Eltuzga qo‘shimcha ma'lumotlar yetib keldi. Manbalarga ko‘ra, voqeadan so‘ng ...
22 september 2015
Zayniddin Asqarov jasadi 2010 yilning 11 oktyabr kuni turmadan uyiga qaytarildi. Aytilishicha, SNB xodimlari mayitni tez dafn qilish va ...
14 october 2021
Dastlab bolsheviklar Yosh buxoroliklar, jadidlarning kommunistik partiyaga qo‘shilgan a'zolaridan iborat Buxoro Xalq Sovet Respublikasini tuzdilar.  Bu respublika rahbarlaridan biri ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...