Asosiy mavzular
9 august 2025

O‘zbek faolining qizi hayoti havf ostida

Joriy yilning 9 iyul kuni Huquq himoya alyansi tarqatgan bayonotga ko‘ra, taniqli huquq faoli Malohat Eshonqulovaning qizi Zarningor Alimbekovaning hayoti havf ostida qolmoqda, biroq uning chet elga borib davolanishiga rasmiylar izn bermayapti.

O‘zbekistonlik huquq faoli Yelena Urlaevaning bildirishicha, Zarnigor Alimbekova hozirda onkologik kasallik bois tezkor tibbiy yordam va operatsiyaga muhtoj. U kimyoterapiyasi olmoqda, sog‘lig‘i keskin yomonlashmoqda, bu tibbiyot hujjatlar bilan tasdiqlangan.

Lekin, Samarqand shahri jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi Raupov chiqargan sud qaroriga ko‘ra belgilangan 54 678 218 so‘m miqdoridagi jarimaning to‘lanmagani uning Turkiya yoki Yevropa mamlakatlaridan biriga borib davolanishiga to‘sqinlik qilmoqda. 

«Milliy va xalqaro hamjamiyat vakillarini, taniqli jurnalist va inson huquqlari himoyachisi Malohat Eshonkulovaning qizi Zarnigor Alimbekova bilan bog‘liq vaziyatga zudlik bilan aralashishga chaqiramiz» deyiladi Huquq himoya alyansi tarqatgan bayonotda.

Jumladan bayonotda bildirilishicha, sudya Raupov 2024 yil 8 avgust kuni 3 1401 2431 – 11734 raqamli ma'muriy ishni ko‘rib chiqdi va Zarnigor Alimbekovani haydovchi sifatida yo‘l harakati qoidalarini buzganlikda ayblagan. Sudya Raupov Zarnigorga ish materiallari bilan tanishish imkonini bermagan, sud jarayonida himoyachi ta'minlamagan, yo‘l-patrul xodimlarini sudga chaqirmagan. Hodisaning asl sababini aniqlamagan

Zarnigor Alimbekova YTH sxemasini ko‘rmagan, protokollarga imzo qo‘ymagan, lekin darhol aybdor deb rasmiylashtirilgan, ichki ishlar xodimi Jasur Jalilov esa “jabrlanuvchi” deb topilgan. Apellyatsiya shikoyati ham sudya Raupovning qarorini qo‘llab-quvvatlagan. U hatto Zarnigor Alimbekovaning kasalligi sababli nogironligi, yolg‘iz ona ekanligi, voyaga yetmagan farzand tarbiyalayotganini ham inobatga olmagan.

«Shu sababli sudya Raupov J.ning sud qarorini ijrosini darhol to‘xtatish va Zarnigor Alimbekovaning hayotini saqlab qolish maqsadida xorijga chiqish taqiqini bekor qilish zarur!» deya bildiriladi faollar tarqatgan bayonotda.

Tag‘in o‘qing
4 april 2018
«O‘zbekkontsert» davlat muassasasida 30 mart kuni san'atkorlar ishtirokida «To‘y-hashamlarni tartibga solish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda majlisda ...
10 october 2017
10 oktyabr kuni Andijonda paxta kampaniyasi bois, shahar qatnovidagi «Damas»larning kira haqi 2000 so‘mga chiqdi, deya xabar beradi «Eltuz» ...
4 december 2018
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanidagi sil kasalliklariga moyil bolalar maktab-internati tarbiyachisi Zulfiya Mavlonova internat direktori Nurilla Ro‘zimovning tarbiyalanuvchilarga nisbatan noinsoniy munosabatda ...
2 march 2023
Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk va so‘nggi prezidenti Mixail ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...