Asosiy mavzular
10 august 2025

Bolgariyada 22 yoshli yigit suvga cho‘kib o‘ldi

Bolgariyaning Sozopol shahrida do‘stlari bilan cho‘milishga borgan 22 yoshli o‘zbek talaba suvda cho‘kib o‘ldi.

Yigitning tanasi bahaybat qoyatoshlar orasiga tiqilib qolgan va uni chiqarib olishning imkoni bo‘lmayapti. Bolgariya qutqaruv xizmati xodimlari ayni paytda cho‘kib ketgan kishini suvdan chiqarib olishning iloji yo‘qligini bildirgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov ham holat yuzasidan munosabat bildirdi.

“Mamlakatimiz fuqarosining Bolgariyaning Sozopol shahrida vafot etganligi haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. Marhumning oila a'zolariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz”, deydi u.

Qayd etilishicha, ushbu ma'lumot kelib tushishi bilan, Bolgariya Respublikasini qamrab oluvchi O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bilan darhol aloqa o‘rnatilgan.

 Hozirda diplomatlar marhumning yaqinlari hamda Bolgariyaning tegishli davlat idoralari vakillari bilan hamkorlikda ishlamoqda. Vaziyat yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Tag‘in o‘qing
23 july 2018
«Arsenal» klubi yarim himoyachisi, 29 yoshli Mesut O‘zilning turk ekanligi Germaniyaning jahon chempionatidagi omadsizligi bois, uning yuziga solindi. «Agar ...
17 february 2021
Curxondaryolik tadbirkor H.Olimov 17 fevral kuni prezident Mirziyoevga videomurojaat yo‘lladi. Murojaatida u Muzrabot tumani hokimi Erkin Olimov uni yo‘q ...
26 december 2018
2018 yilning 26 dekabri kuni tarmoqda qop ko‘targan guras-guras Qorbobolarning fotosuratlari paydo bo‘ldi. Ayrim suratlarda Qorbobo kiyimidagi o‘smirlarning Buvayda ...
7 august 2020
25 iyul kuni qirg‘izistonlik huquq himoyachisi Azimjon Asqarov pnevmoniya bilan kasallanishi oqibatida qamoqxonada vafot etdi, ammo o‘lim sababi aslida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...