Asosiy mavzular
13 august 2025

Qo‘qonda qalbaki pul savdosi bilan shug‘ullangan yigit qo‘lga olindi

9 avgust kuni Qo‘qon shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2003 yilda tug‘ilgan mahalliy yigit qalbaki pul muomalasi bilan shug‘ullanayotgan paytida qo‘lga olindi.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, u 50 million so‘mlik qalbaki kupyurani «shartli haridor»ga haqiqiy 8 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan. Shu zahotiyoq ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbir davomida uning uyi ham ko‘zdan kechirilib, 50, 100 va 200 ming so‘mlik jami 315,5 million so‘m hamda 100 AQSh dollarlik 120 ming dollar miqdoridagi qalbaki kupyuralar topildi va musodara qilindi. Yigitning yolg‘iz jinoyatga qo‘l urmagani, bu ishning ortida o‘nlab kishi borligi gumon qilinmoqda. 

Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qalbaki pullarni unga yetkazib bergan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tag‘in o‘qing
24 january 2016
O‘zbekiston rahbariyati “bizda millionerlar yo‘q” deb turgan bir paytda Qashqadarë viloyat Yakkabog‘ tumanida 23 yashar millioner istiqomat qilmoqda. Agar ...
17 december 2025
Qashqadaryoda uloq chempioni «Portal» laqabli ushbu  rasmdagi qashqa ot 220 ming dollarga sotildi.
16 november 2025
Rossiya Davlat Dumasi yana barcha muammolarni hal qiluvchi oddiy yechim topdi: 70 va 75 yoshda pensiyaga chiqish. Deputat Bessarab ...
12 september 2017
«Eltuz» nashrining Farg‘ona viloyatidagi manbalariga ko‘ra, tumanlarning uzoq hududlarida o‘qituvchi, shifokor va talabalardan tarkib topadigan terim otryadlari uchun yotoq ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...