Asosiy mavzular
13 august 2025

YaNDYeKS VA SOLIQ QO‘MITASI BIRLAShIB HAYDOVChILARNI ALDAYaPTIMI?

Yandeks Dostavka xizmatida ishlaydigan haydovchi Kudratxon Shuxratxonovich Eltuzga murojaat yo‘llab, Yandeks va Soliq qo‘mitasi o‘rtasidagi shubhali hamkorlik haqida ma'lum qildi.

Haydovchining ta'kidlashicha, u va unga o‘xshagan ko‘plab haydovchilar Yandeks platformasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib ishlashadi. Bu holatda ular qonuniy 18,5% soliq to‘laydi. 

Ammo Yandeks Dostavka ilovasida har 3-4 kunda majburiy face-tekshiruv joriy qilingan.

«Facetekshiruvdan o‘tganimizdan keyin 2–3 kun o‘tib, Soliq qo‘mitasi platformasi orqali o‘zini o‘zi band qilgan maqomimiz bekor qilinadi. Shuning oqibatida 18,5% o‘rniga 32–33% miqdorida soliq undiriladi. Bu haqida ogohlartirish ham berilmaydi», — deydi haydovchi.

Kudratxon Shuxratxonovichning so‘zlariga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilganlik maqomning bekor qilinishi natijasida nafaqat asosiy soliq miqdori oshadi, balki har bir mijozdan qo‘shimcha 12% daromad solig‘i ham olinadi.

«Bu Yandeks va Soliq qo‘mitasining noqonuniy harakatlari, ular til biriktirib har tomonlama haydovchilarni shilishyapti. Chunki Yandeks face tekshiruvidan o‘tsak, maqomimiz o‘zgarib, soliq oshishi haqida xabar bermaydi, bu borasida ayyorlarcha sukut saqlaydi. Maqsad — imi-jimida ortiqcha soliq undirish», — deb hisoblaydi u.

Haydovchi bu holatni o‘z vaqtida aniqlab, Yandeks kompaniyasiga e'tiroz bildirgan. Yandeks esa aybni Soliq qo‘mitasiga ag‘dardi.

«Qo‘limda bu sxemani isbotlovchi barcha dalillar bor. Agar bu Yandeks va Soliq qo‘mitasining bu tuzog‘ini keng jamoatchilikka oshkor qilsak, butun respublika bo‘yicha minglab taksistlar haq-huquqini talab qila boshlaydi», — deydi murojaatchi

O‘zini o‘zi band qilgan kirakashni atayin har tomonlama «talash» fikri kimdan chiqdi, janob Qutbievdanmi yoki Yandeks O‘zbekiston rahbari Izzat Shukurovdanmi?

Tag‘in o‘qing
17 april 2023
1970 yilning boshida «Bitlz»ni tark etganidan so‘ng Pol Makkartni (McCartney) o‘zining ilk yakkaxon albomini chiqardi. Bu vaqtga kelib «Bitlz» ...
25 june 2018
O‘zbek fermerlari qog‘ozda mustaqil sub'ektlar hisoblanishsa-da, amalda butunlay hokimiyatga qaramdirlar. “Eltuz” Xorazm viloyatida bog‘dorchilik qilayotgan fermer bilan gaplashdi. Suhbatdan ...
28 february 2023
Bundan bir yil oldin bosqinchi Rossiya mustaqil Ukraina tuproqlariga xoinlarcha bostirib kirib, ësh go‘daklar, xotin-qiz, qariyalar hamda jami vatansevar ...
10 december 2025
Shu kunlarda mustaqillik davrida tug‘ilgan ëshlar orasida «SSSR yaxshi edi» degan cho‘pchak urchigan.  SSSRning ëvuzlik imperiyasi bo‘lgani, insonlar erkin ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...