Xotin-qizlar uchun yerdagi jahannam
Shu kunlarda mustaqillik davrida tug‘ilgan ëshlar orasida «SSSR yaxshi edi» degan cho‘pchak urchigan.
SSSRning ëvuzlik imperiyasi bo‘lgani, insonlar erkin va baxtli yashaydigan davlat emasligi o‘z vaqtida kitob qilib ëzilgan, kino qilib ishlangan. Faqat Karimov davrida ko‘rshapalak bo‘lib qolgan yo‘qotilgan avlod buni bilmaydi.
1987 yili O‘zbekiston SSRda 240 xotin o‘ziga o‘t qo‘ygan edi. Bundan oldingi yillarda ham xotin-qizlar o‘ziga o‘t qo‘ygan, ammmo faqat Gorbachev oshkoraligi paytida bu haqda ochiq gapirildi.
Taniqli kinohujjatchi Yuris Podnieks SSSR parchalanishi haqidagi filmida bunga alohida o‘rin bergan.
Kinochi O‘zbekistonni qarichma-qarich kezib o‘sha davrning jahannam kabi manzarasini kino tasmada muhrlab qoldirdi. Agar tirik bo‘lganida kinorejissyor Yuris Podnieks 5 dekabr kuni 75 ëshga kirgan bo‘lardi.
Mixail Gorbachyov boshchiligidagi ozodlik davri – Perestroyka paytida uni 1986 yilda suratga olingan «Yosh bo‘lish osonmi?» hujjatli filmi mashhur qildi.
1988 yilda ushbu film uchun Yuris Podnieks Kreml saroyida SSSR Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
1989–1991 yillar oralig‘ida Podnieks «Biz» nomli 5 qismdan iborat hujjatli serial ustida ishladi. Ushbu loyiha Buyuk Britaniya televideniesi buyurtmasi asosida yaratilgan. Film Perestroyka davridagi sovet jamiyatining muammolari va SSSR parchalanishidan oldingi voqealar haqida hikoya qiladi. Buyuk Britaniya televideniesida u «Hello, Do You Hear Us?», AQShda esa «Soviets» nomi bilan namoyish etilgan.
Yuris Podnieks butun Ittifoq bo‘ylab safarlarga chiqib, bu voqealarni tasvirga olishga harakat qildi. Suratga olish jarayoni juda cho‘zilib ketdi va film butunlay boshqa mazmun kasb etdi.
Montaj ishlari Britaniyaning Birmingem shahrida olib borildi. Tasvirga olingan material juda ko‘p bo‘lib, uni bitta telefilmga sig‘dirishning iloji yo‘q edi.
Podnieks prodyusserlarga 10 soatlik montaj variantini taqdim etdi. Pirovardida film 5 soatgacha qisqartirildi va bu filmning yarim soati o‘zini ëqqan o‘zbeklar haqida edi.
1989 yil dekabrda Britaniya matbuotiga bergan suhbatida Yuris Podnieks SSSRning do‘zax ekanligi haqidagi filmni chet el taqdimoti murakkab bo‘lganligini aytgan edi:
«Filmni ingliz tiliga tarjima qilish juda qiyin bo‘ldi. Men har doim hamma odamlar o‘z tillarida gapirishini xohlaganman: o‘zbeklar o‘zbekcha, armanlar armancha, latishlar latishcha, ruslar esa ruscha gapirardi. Men ularga shuni ko‘rsatmoqchi edimki, biz faqatgina Rossiya emasmiz, biz undan kattaroq, murakkabroq tuzilma edik.
Ingliz tili imperiya tili bo‘lgani uchun va ularning o‘zlarida ham Shotlandiya, Uels, Olster kabi muammolari, mustamlakalari bo‘lganligi sababli, tilning o‘ziga xos jihatlari bor. Masalan, ingliz tilida «milliy o‘zlikni anglash» degan tushuncha yo‘q. Ular «milliylik»ni faqat «millatchilik» ma'nosida, ya'ni salbiy tusda ishlatishadi. Hatto «millat» degan tushunchaning o‘zi ham shubhali ohangga ega.
Ingliz tilida «ruhiy azob» degan iborani ham aniq ifodalab bo‘lmaydi — buni inglizcha to‘liq ayt ishning imkoni yo‘q. Shu sababli ko‘p narsalarni tushuntirish imkonsiz bo‘lib qoladi… Va bu butun jarayondagi eng og‘ir, eng azobli daqiqalardan biri edi.»
Oradan shuncha yil o‘tib bu filmni qayta ko‘rib Yangi O‘zbekiston ham xotin-qizlar uchun jahannam bo‘lib qolaëtganini haqiqatini qayta his qildim.
