Asosiy mavzular
1 october 2025

Ona ruhiy kasal qizini suiqasddan asrayman deb to‘satdan o‘ldirib qo‘ydi

Bog‘dod tumanida fuqaro Orzieva Nazira Abduraximovna o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qizini suiqasddan asrayman deb tasodifan o‘ldirib qo‘ydi. 

Qiz 18 yoshida turmushga uzatilgan, bir necha yillik turmushda ikki farzand ko‘rib, uchinchisiga homilador holda ota uyiga qaytgan.

Eri Qozog‘istonda mavsumiy ishchi bo‘lgan bu kelin qaynona uyida es-hushini yo‘qotib vasvasaga chalindi. Shundan so‘ng qaynona kasal kelinini otasining uyiga qaytarib yubordi. N.Yusufova qizlik uyida batamom ruhan zo‘riqib «o‘zimni o‘ldiraman, bolalarimni o‘ldiraman» deya bir necha marta suiqasd payida bo‘ldi. Sochlarini yulib, devorga boshini urib o‘zini harob qildi. Baqir-chaqir va po‘pisalar bilan bolalarini qo‘rqitdi.

Nazira Orzieva qizining qo‘l-oyog‘ini bog‘lab boqdi, o‘ziga zarar bermasin, bolalarini qo‘rqitmasin deb og‘zini ham mahkam yopdi. Shunda qizining nafasi qaytib dimiqib o‘lib qoldi.

Bog‘dod tuman sudi holatni qasddan sodir etilmagan, baxtsiz hodisa deb malakalab Nazira Orzievaga ikki yil ahloq tuzatish ishlari bilan shug‘ullanish jazosini tayinladi.

Savollar talay. Ma'lum, onalar bolasi bilan birga o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paygan. Albatta, uvol bo‘lgan norasidalarga yuragimiz achishib bunday onalardan nafratlanamiz. 

Lekin shu onalar ruhiy sog‘lom bo‘lganmikan o‘zi? Katta ehtimol bilan, yo‘q. Xo‘p, yuqoridagi fojiada ayol bir necha kun «o‘zimni o‘ldiraman, bolalarimni o‘ldiraman» degan vasvasaga tushibdi, eriga telefon qilib ahvoli yomonligini aytibdi.

 Nega biror oila a'zosi qat'iy chora ko‘rmadi? Nega mutaxassis ko‘rigiga olib bormadi? Nega o‘rta asrda qolib ketgandek ruhiy kasal odamni bog‘lab boqishdi? Nega oila a'zolari bir-biriga beparvo, kasallikka loqayd bo‘lgaligi jabrini mahalla yettiligi, xotin-qizlar qo‘mitasi tortishi kerak?

Diniy mavzuda va irim-sirim borasida hamma bir-biridan bilimdon bo‘lgan bu jamiyatda tibbiy tushuncha va ogohlik mutlaqo yo‘q, demak.

Tag‘in o‘qing
11 july 2025
Buxoro viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi harbiy xizmatchilari Eltuz tahririyatiga murojaat qilib, boshqarmadagi qonuniylikka zid xatti-harakatlar, korruptsion sxemalar va inson ...
23 december 2023
21 dekabr kuni O‘zbekiston va Rossiya munosabatlarining 32 yillik tarixida ilk bor rus elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi ...
8 january 2026
Uchtepa tumani hokimligining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi bir tadbirkordan «ishingdi bitkazib beraman» deb, 3 ...
23 july 2018
Toshkent shahri IIBB narkotiklar tarqatish ishi bo‘yicha ayblanayotgan tadbirkor Jahongir Umarovga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. IIBBning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...