Asosiy mavzular
8 october 2025

Mikrokreditbankda erkak xodimlardan 1 milliard so‘m undirildi

2025 yil 14 avgustda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan qabul qilingan hujjat asosida 1 milliard so‘m mablag‘ xodimlardan undirilgan. Rasmiylashtirilgan farmoyishda bu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil 10 iyundagi 712/2-sonli qarori va iyul oyidagi 23-26/28xdfu-sonli xatga asosan amalga oshirilgani qayd etilgan. Mablag‘ “Xodimlarni boshqarish” (HR) departamenti taqdim etgan ro‘yxatga asosan belgilangan xodimlardan undirilishi kerakligi ko‘rsatilgan.

Ammo ishonchli manbalarga ko‘ra, ushbu mablag‘ faqat erkak xodimlardan undirilgan. Bu holat bir qancha savol va shikoyatlarga sabab bo‘ldi. Ayrim xodimlarning ta'kidlashicha, ulardan qonunan asoslanmagan holda katta summadagi pul ushlangan. 

Bunday juda muhim moliyaviy operatsiya yuzasidan bankning respublika miqyosidagi bosh buxgalteridan aniq javob olishning imkoni bo‘lmagan. 

Mablag‘ undirishning qay tartibda amalga oshirilgani, u ish haqidan ushlab qolinganmi yoki alohida yig‘im sifatida amalga oshirilgani haqida ham aniq ma'lumot yo‘q. 

Hujjat rasmiy ko‘rinishda bo‘lsa-da, uning amalda qanday bajarilgani shaffof emas. Shuningdek, erkak xodimlarni tanlab olish orqali undirish amaliyoti mehnat qonunchiligi va tenglik tamoyillariga zid hisoblanadi.

Bu holat “Mikrokreditbank”da mablag‘larning qanday asosda undirilayotgani va ularning qanday maqsadlarda sarflanayotgani borasida jiddiy savollar tug‘diradi. 

Masalaning huquqiy va moliyaviy tomonlarini o‘rganish uchun tegishli organlar aralashuvi talab etiladi. Chunki bir milliard so‘m kabi katta miqdordagi mablag‘ ustidan jamoatchilik nazorati bo‘lishi shart.

Tag‘in o‘qing
13 december 2019
Taniqli muxolifatchi Muhammad Solih prezidentni populizmda aybladi. Populizm nima o‘zi? Populizm lotincha populus, ya'ni xalq degan ma'noni beradi.  Xalqning oldiga chiqib, ...
27 september 2018
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergovchilaridan birining “Eltuz”ga ma'lum qilishicha, Pskentda jazoni o‘tayotgan 55 yashar Jur'at Meliqulovga hujum qilishga ...
20 march 2023
16 martga belgilangan Rauf Parfi haykali taqdimoti 27 martga ko‘chirildi. Taqdimot shoirning 80 ëshga to‘lishi arafasida bo‘ladi.
4 april 2023
1914 yilning 4 aprelida Toshkentda hunarmand oilasidan chiqqan Ubaydulla Xo‘jaev (Ubaydulla Asadullaxo‘jaev) «Sadoi Turkiston» gazetasini tashkil etdi. Bu gazeta ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...